Get Mystery Box with random crypto!

MINENERGY.UZ

Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ M
Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ
Kanal manzili: @minenergy_uz
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.26K
Kanalning ta’rifi

- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-05-20 07:20:37
Xorijiy hamkorlar bilan shartnoma va memorandumlar imzolandi

2023-yil 19-may kuni “O‘zbekiston neft va gazi – OGU-2023” 25-yubiley ko‘rgazmasi va O‘zbekiston uchinchi xalqaro energetika forumi doirasida xorijiy hamkorlar bilan shartnoma va memorandumlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Kanadaning “Condor” kompaniyasi bilan tabiiy gaz qazib chiqarish va zahiralarni ko‘paytirish sohasida asosiy shartlar bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy boshqaruv usullari va ilg‘or tajribalarni joriy etish maqsadida yetakchi xalqaro universitet – “Universiti teknologi petronas” (Malayziya) bilan “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

—————

Подписаны соглашения и меморандумы с зарубежными партнерами


19 мая 2023 года в рамках 25-й Юбилейной Международной выставки «Нефть и Газ Узбекистана - OGU 2023», а также третьего Международного Энергетического Форума состоялась церемония подписания договоров и меморандумов с зарубежными партнерами.

В частности, подписано Соглашение об основных условиях с компанией «Condor» (Канада) в области увеличения добычи и запасов природного газа.

Также, в целях внедрения современных методов управления и лучших практик в производственные процессы, с ведущим международным университетом – «Universiti teknologi petronas» (Малайзия) подписан Меморандум о взаимопонимании в области подготовки кадров, обучения и повышения квалификации специалистов АО «Узбекнефтегаз».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3.4K views04:20
Ochish/sharhlash
2023-05-19 16:07:40
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi ikkinchi kuni doirasida qator ishbilarmonlik tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

—————

В рамках программы второго дня государственного визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Китай
состоялся ряд деловых мероприятий.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
10.4K views13:07
Ochish/sharhlash
2023-05-18 12:08:08
Tojikistondan elektr energiyasining mavsumiy import amaliyoti boshlandi

Maʼlumki, yozgi melioratsiya davrida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini O‘zbekistonga eksport qilish amaliyoti 2018-yildan buyon mavjud bo‘lib, bu o‘z navbatida mamlakatimiz suv havzalariga kirib keladigan tabiiy suv oqimini oshirishga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan, 2023-yil 12-may kuni respublikamizda energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash hamda isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlanish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Barki Tochik” kompaniyasi o‘rtasida joriy yilning may-sentabr oylarida elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

—————

Начался сезонный импорт электроэнергии из Таджикистана

Известно, что с 2018 года действует практика экспорта электроэнергии, произведенной в летний мелиоративный период, в Узбекистан, что, в свою очередь, служит увеличению стока природных вод, поступающих в водоемы нашей страны.

В связи с этим, а также в целях поддержания баланса энергетических и водных ресурсов в нашей республике и обеспечения потребителей электроэнергией 12 мая 2023 года между АО «Национальные электрические сети Узбекистана» и компанией «Барки Точик» подписано соглашение на поставку электроэнергии в период май-сентябрь текущего года.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1.6K views09:08
Ochish/sharhlash
2023-05-17 16:20:29
YеTTB Boshqaruvchilar Kengashining 32-yillik yig‘ilishi 2-kunida hujjatlar imzolash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan marosimlar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va ACWA Power kompaniyasi o‘tasida “Yashil vodorod” loyihasini rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 88 million dollarlik investitsiya shartnomasi imzolandi.

—————

Церемонии подписания документов в рамках 2-го дня 32-го Ежегодного заседания совета управляющих ЕБРР

Подписано Инвестиционное соглашение между Министерством инвестиций, промышленности и торговли и компанией «ACWA Power» о разработке проекта «Зеленый водород» на общую сумму 88 млн долларов.

—————

Signing ceremonies on the 2nd day of the 32nd Annual Meeting of the EBRD Board of Governors

An Investment Agreement was signed between the Ministry of Investment, Industry and Trade and ACWA Power company on the development of the Green Hydrogen project for a total amount of $88 million.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2.8K views13:20
Ochish/sharhlash
2023-05-17 15:40:25
Ertaga, 18-may kuni “O‘zbekiston neft va gazi — OGU 2023” 25-yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi

18 ta mamlakatdan yetakchi neft va gaz kompaniyalarining keng ekspozitsiyasi sanoatning yangi mahsulotlari va texnologiyalarini namoyish etadi.

Ko‘rgazmada Germaniya va Rossiya kompaniyalari milliy ekspozitsiya bilan, jamoaviy stendlar tarkibida esa Italiya, Kanada, Xitoy va Koreya Respublikasi kompaniyalari ishtirok etadi.

Beyjni hoziroq qo‘lga kiriting: https://bit.ly/OGU_reg_Uz

—————

Завтра, 18 мая, начнет свою работу 25-я юбилейная Международная выставка «Нефть и Газ Узбекистана — OGU 2023»

Широкая экспозиция ведущих нефтегазовых компаний из 18 стран представит новинки и технологии отрасли.


На выставке с национальной экспозицией выступят компании из Германии и России, в составе коллективных стендов - компании из Италии, Канады, Китая и Республики Корея.

Получите бейдж уже сейчас: https://bit.ly/OGU_reg

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3.7K views12:40
Ochish/sharhlash
2023-05-17 14:39:52 Rasmiy munosabat: ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun kichik quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatish uchun o‘tkazilgan tanlov natijalari bekor qilingan

Ijtimoiy tarmoqda “Quyosh panellariga trillionlar — ularni kim yetkazib bermoqda?” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Joriy yil mart oyida ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun kichik quyosh elektr stansiyalarini sotib olish, o‘rnatish va kafolatlangan texnik xizmat ko‘rsatish uchun tanlov e’lon qilingan edi.

Ushbu tanlovda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha 18 ta kompaniya ishtirok etgan va mazkur loyiha aholi va davlat manfaatlarini to‘liq himoya qilishini inobatga olgan holda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Shunga asosan, tanlov natijalari bo‘yicha yutgan kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalar mazkur kompaniyalar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi sababli bekor qilindi.

Hozirgi kunda ajratilgan mablag‘larni inobatga olib, umumiy quvvati 2,5 MVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha yangi tanlov e’lon qilindi.

Keyingi bosqichda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarning asosiy qismini moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirda bu yo‘nalishda muzokaralar olib borilmoqda.

Bu esa, o‘z navbatida loyihalarning narxini pasaytirish va ularning sifatli amalga oshirilishida muhim ahamiyatga ega.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3.1K viewsedited  11:39
Ochish/sharhlash
2023-05-17 13:00:56
YеTTB Boshqaruvchilar Kengashining 32-yillik yig‘ilishining 2-kunida hujjatlarni imzolash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan marosimlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi oʻrtasida Toshkent shahrida elektr energiyasini taqsimlash loyihasi boʻyicha 300 million dollarlik moliyaviy va konsalting xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

—————

Церемонии подписания документов в рамках 2-го дня 32-го Ежегодного заседания совета управляющих ЕБРР

Подписан Договор о предоставлении финансовых и консультационных услуг по проекту распределения электроэнергии в городе Ташкенте на сумму 300 млн долларов между Министерством инвестиций, промышленности и торговли и Междунарoдной финансовой корпорацией.

—————

Signing ceremonies on the 2nd day of the 32nd Annual Meeting of the EBRD Board of Governors

An agreement was signed between the Ministry of Investment, Industry and Trade and the International Finance Corporation to provide financial and advisory services for a $300 million power distribution project in Tashkent city.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2.7K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-05-17 12:19:01
“O‘zbekiston neft va gazi — OGU 2023” 25-yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Koreya Respublikasi jamoaviy stendi namoyish etilib, unda kompaniyalar neft va gaz sektori uchun mahsulotlar va texnologiyalarning katta assortimentini taqdim etadilar:

Dasturiy ta’minot
Bevosita harakatlanuvchan elektromagnit klapanlari
Dastgohlar, termoplas-tavtomatlar, presslar
Neft kimyosi uchun katalizatorlar
Filtrlar, regulyatorlar, shlanglar va boshqa mahsulotlar

Neft va gaz sanoatining eng muhim voqeasiga beyjini qo‘lga kiriting: https://bit.ly/OGU_uz_ME

—————

На 25-й Юбилейной Международной выставке «Нефть и Газ Узбекистана — OGU 2023» будет представлен коллективный стенд Республики Корея
, где компании продемонстрируют большой выбор продукции и технологий для нефтегазового сектора:

Программное обеспечение
Электромагнитные клапаны прямого действия
Станки, термопласт-автоматы, прессы
Нефтехимические катализаторы
Фильтры, регуляторы, шланги и многое другое

Получите бейдж на ключевое событие нефтегазовой индустрии: https://bit.ly/OGU_ru_ME

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2.2K views09:19
Ochish/sharhlash
2023-05-17 11:07:32
YеTTB Boshqaruvchilar Kengashining 32-yillik yig‘ilishining 2-kunida hujjatlarni imzolash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan marosimlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi va "Masdar" kompaniyasi oʻrtasida 2,6 milliard dollari miqdorida quvvati 2150 MVt va 500 MVt boʻlgan foto va shamol elektr stansiyalari loyihalarini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha kelishuv imzolandi.

—————

Церемонии подписания документов в рамках 2-го дня 32-го Ежегодного заседания совета управляющих ЕБРР


Подписано Соглашение между Министерством инвестиций, промышленности и торговли, Министерством энергетики и компанией Masdar о совместной разработке проектов фото- и ветряных электростанций мощностью 2150 МВт и 500 МВт на сумму 2,6 млрд долларов.

—————

Signing ceremonies on the 2nd day of the 32nd Annual Meeting of the EBRD Board of Governors


An agreement was signed between the Ministry of Investment, Industry and Trade, the Ministry of Energy and Masdar for the joint development of 2,150 MW and 500 MW photovoltaic and wind power plant projects worth $2.6 billion.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2.5K views08:07
Ochish/sharhlash
2023-05-17 10:41:37
YеTTB Boshqaruvchilar Kengashining 32-yillik yig‘ilishining 2-kunida hujjatlarni imzolash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan marosimlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi va TAQA Energetika kompaniyasi oʻrtasida umumiy quvvati 1600 MVt gacha boʻlgan kombinatsiyalashgan gaz-turbinali uskunani oʻrnatish loyihasini amalga oshirish boʻyicha 1,2 milliard dollarlik kelishuv imzolandi.

—————

Церемонии подписания документов в рамках 2-го дня 32-го Ежегодного заседания совета управляющих ЕБРР

Подписано Соглашение о реализации проекта газотурбинной установки комбинированного цикла общей мощностью до 1600 МВт между Министерством инвестиций, промышленности и торговли, Министерством энергетики и энергетической компанией TAQA на сумму 1.2 млрд долларов.

—————

Signing ceremonies on the 2nd day of the 32nd Annual Meeting of the EBRD Board of Governors

An agreement was signed between the Ministry of Investment, Industry and Trade, the Ministry of Energy and the TAQA energy company for the implementation of a combined cycle gas turbine project with a total capacity of up to 1,600 MW, worth $1.2 billion.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2.6K views07:41
Ochish/sharhlash