Get Mystery Box with random crypto!

MINENERGY.UZ

Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ M
Telegram kanalining logotibi minenergy_uz — MINENERGY.UZ
Kanal manzili: @minenergy_uz
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.26K
Kanalning ta’rifi

- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-07-05 14:03:02
Toshkent IEMda investitsiya loyihasi asosida ikkita gaz turbina qurilmalari bunyod etilmoqda — Video

Kuni kecha, Xitoyning “Xizi Clean Energy Equipment Manufacturing Co., Ltd” kompaniyasidan qurilish maydonchasiga qozon utilizatorining 1- va 2-moduli olib kelindi. Hozirda mazkur qurilmalarni o‘rnatish va montaj qilish ishlari ketmoqda.

Yangi gaz turbinasi ishga tushirilishi natijasida ushbu qurilmalar orqali yiliga qo‘shimcha 630 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

—————

На Ташкентской ТЭЦ согласно инвестиционному проекту строятся две газотурбинные установки —
Видео

На днях на строительную площадку доставлены 1-й и 2-й модули котла-утилизатора производства китайской компании «Xizi Clean Energy Equipment Manufacturing Co., Ltd». В эти дни осуществляются монтаж и сборка этих устройств.

В результате ввода в эксплуатацию новой газовой турбины за счет этих установок будет производиться дополнительно 630 тыс. Гкал тепловой энергии в год.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4.0K views11:03
Ochish/sharhlash
2023-07-05 08:12:10
Quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha texnik topshiriq namunasi ishlab chiqildi

Respublika bo‘yicha ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida, shuningdek, aholi xonadonlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini joriy etishda belgilangan me’yorlarni chetlab o‘tish, qurilmalar sifatiga e’tibor bermaslik, arzon va avval ishlatilgan bo‘lib, o‘z nominal foydali ish koeffitsientini yo‘qotgan qurilmalardan foydalanish kabi holatlarning oldini olish maqsadida Energetika vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha tavsiyaviy texnik topshiriq namunasi ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari elektron tizimlari orqali bino va inshootlarda o‘rnatiladigan quyosh fotoelektr stansiyalarni joriy etishga buyurtmalar berishda ushbu namunaviy texnik topshiriqdan foydalangan holda, buyurtmalar berish tavsiya etiladi.

Quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha tavsiyaviy texnik topshiriq namunasi bilan ushbu havola orqali tanishish hamda undan foydalanish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.4K views05:12
Ochish/sharhlash
2023-07-04 15:46:02
To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi. 

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilishi natijasida elektr stansiyasida yiliga qo‘shimcha 1,9 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 

Buning evaziga yiliga 500 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

E’tiborlisi, elektr stansiyasi o‘z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlariga shartnoma asosida sotmoqda.

—————

На Туракурганской ТЭС сдана в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МВт


На Туракурганской ТЭС сдана в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 1 МВт для собственных нужд.

В результате ввода в эксплуатацию дополнительно будет вырабатываться 1,9 млн кВт/час электроэнергии в год.

За счет этого ежегодно будет сэкономлено 500 тыс. кубометров природного газа.

Примечательно, что излишки электрической энергии продаются по договору региональной электрической сети.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.5K views12:46
Ochish/sharhlash
2023-07-04 15:12:51
Energetika sohasidagi hamkorlik

Toshkent shahrida 3-iyul kuni Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiz Respublikalari Energetika vazirlarining navbatdagi uch tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Davlatlarimiz rahbarlarining saʼy-harakatlari bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojlanib borayotgani, koʻp qirrali hamkorlik tobora kengayayotgani alohida taʼkidlandi.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chogʻida barcha sohalar qatori energetika sohasidagi hamkorlikka ham alohida eʼtibor qaratilayotgani, gidroenergetikadagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan “Qambarota GES-1» qurilishini jadallashtirishga kelishilgani qayd etildi.

Uchrashuvda ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi elektr uzatish liniyalarini qurish hamda suv resurslaridan unumli foydalanish bilan bogʻliq tashkiliy va huquqiy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Joriy yilda suv resurslaridan samarali foydalanish, kuz-qish davrida energiya tizimidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri J. Mirzamahmudov, Qirgʻiz Respublikasi Energetika vaziri T. Ibrayev va Qozogʻiston Respublikasi Energetika vaziri A. Satkaliyev tomonidan tegishli protokollar imzolandi.

Shu kunning oʻzida Qirgʻiz Respublikasi Energetika vaziri T. Ibrayev va Qozogʻiston Respublikasi Energetika vaziri A. Satkaliyevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov qabul qildi.

Energetika vazirligi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.6K views12:12
Ochish/sharhlash
2023-07-04 13:50:13
Tayinlov

Agzamov Alisher Taxirovich — “UzGasTrade” AJ Boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

A.Agzamov bunga qadar “UzGasTrade” AJ Tabiiy gazni xarid qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

—————

Назначение

Агзамов Алишер Тахирович — назначен Председателем правления АО «UzGasTrade»
.

До этого А.Агзамов работал начальником управления закупок природного газа АО «UzGasTrade».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.5K viewsedited  10:50
Ochish/sharhlash
2023-07-04 13:49:39
Tayinlov

Sidiqov Bahodirjon Bahromovich — “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

B.Sidiqov bunga qadar “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

—————

Сидиқов Баҳодиржон Баҳромович — назначен Председателем правления АО «Узбекнефтегаз».

До этого Б.Сидиқов исполнял обязанности председателя Правления АО «Узбекнефтегаз».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.7K viewsedited  10:49
Ochish/sharhlash
2023-07-04 10:38:43
Tayinlov

Isaqulov Sardor Dadajonovich — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


S.Isaqulov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Markaziy dispetcherlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

—————

Назначение

Исакулов Сардор Дадажонович —назначен первым заместителем Председателя правления АО «Тепловые электрические станции».


До этого назначения С.Исакулов работал начальником Главного диспетчерского управления Министерства энергетики Республики Узбекистан.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5.9K viewsedited  07:38
Ochish/sharhlash
2023-06-11 21:49:34
#LIVE
Energetiklar tunu kun xalq xizmatida

Bugun yakshanba. Dam olish kuni. Ko‘pchiligimiz oila davrasida yoki shahar chetida maroqli dam olyapmiz. Ammo shunday kasb egalari borki, ular dam olish kuniga qaramasdan xalq xizmatida.

Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Davlat shartnomaviy xizmatlari filiali xodimlari tomonidan aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida Yunusobod tumanida yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i tortish uchun texnik tadbirlar bajarmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1.5K views18:49
Ochish/sharhlash
2023-06-11 15:34:25
Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali xodimlari tomonidan issiq ob-havo sharoitiga qaramasdan belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda.

Xususan, Yashnaobod tumani “Arg‘in” mahallasining Eski Arg‘in kо‘chasida kabel tortish ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3.5K viewsedited  12:34
Ochish/sharhlash
2023-06-11 11:18:54
Новости 24 | Опыт Наманганского государственного университета в эффективном использовании ВИЭ.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2.8K views08:18
Ochish/sharhlash