Get Mystery Box with random crypto!

Rasmiy munosabat: ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa t | MINENERGY.UZ

Rasmiy munosabat: ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun kichik quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatish uchun o‘tkazilgan tanlov natijalari bekor qilingan

Ijtimoiy tarmoqda “Quyosh panellariga trillionlar — ularni kim yetkazib bermoqda?” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Joriy yil mart oyida ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun kichik quyosh elektr stansiyalarini sotib olish, o‘rnatish va kafolatlangan texnik xizmat ko‘rsatish uchun tanlov e’lon qilingan edi.

Ushbu tanlovda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha 18 ta kompaniya ishtirok etgan va mazkur loyiha aholi va davlat manfaatlarini to‘liq himoya qilishini inobatga olgan holda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Shunga asosan, tanlov natijalari bo‘yicha yutgan kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalar mazkur kompaniyalar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi sababli bekor qilindi.

Hozirgi kunda ajratilgan mablag‘larni inobatga olib, umumiy quvvati 2,5 MVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha yangi tanlov e’lon qilindi.

Keyingi bosqichda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarning asosiy qismini moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirda bu yo‘nalishda muzokaralar olib borilmoqda.

Bu esa, o‘z navbatida loyihalarning narxini pasaytirish va ularning sifatli amalga oshirilishida muhim ahamiyatga ega.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube