Get Mystery Box with random crypto!

Xorijiy hamkorlar bilan shartnoma va memorandumlar imzolandi | MINENERGY.UZ

Xorijiy hamkorlar bilan shartnoma va memorandumlar imzolandi

2023-yil 19-may kuni “O‘zbekiston neft va gazi – OGU-2023” 25-yubiley ko‘rgazmasi va O‘zbekiston uchinchi xalqaro energetika forumi doirasida xorijiy hamkorlar bilan shartnoma va memorandumlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Kanadaning “Condor” kompaniyasi bilan tabiiy gaz qazib chiqarish va zahiralarni ko‘paytirish sohasida asosiy shartlar bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy boshqaruv usullari va ilg‘or tajribalarni joriy etish maqsadida yetakchi xalqaro universitet – “Universiti teknologi petronas” (Malayziya) bilan “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

—————

Подписаны соглашения и меморандумы с зарубежными партнерами


19 мая 2023 года в рамках 25-й Юбилейной Международной выставки «Нефть и Газ Узбекистана - OGU 2023», а также третьего Международного Энергетического Форума состоялась церемония подписания договоров и меморандумов с зарубежными партнерами.

В частности, подписано Соглашение об основных условиях с компанией «Condor» (Канада) в области увеличения добычи и запасов природного газа.

Также, в целях внедрения современных методов управления и лучших практик в производственные процессы, с ведущим международным университетом – «Universiti teknologi petronas» (Малайзия) подписан Меморандум о взаимопонимании в области подготовки кадров, обучения и повышения квалификации специалистов АО «Узбекнефтегаз».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube