Get Mystery Box with random crypto!

Quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha texnik topshiriq namunas | MINENERGY.UZ

Quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha texnik topshiriq namunasi ishlab chiqildi

Respublika bo‘yicha ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida, shuningdek, aholi xonadonlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini joriy etishda belgilangan me’yorlarni chetlab o‘tish, qurilmalar sifatiga e’tibor bermaslik, arzon va avval ishlatilgan bo‘lib, o‘z nominal foydali ish koeffitsientini yo‘qotgan qurilmalardan foydalanish kabi holatlarning oldini olish maqsadida Energetika vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha tavsiyaviy texnik topshiriq namunasi ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari elektron tizimlari orqali bino va inshootlarda o‘rnatiladigan quyosh fotoelektr stansiyalarni joriy etishga buyurtmalar berishda ushbu namunaviy texnik topshiriqdan foydalangan holda, buyurtmalar berish tavsiya etiladi.

Quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha tavsiyaviy texnik topshiriq namunasi bilan ushbu havola orqali tanishish hamda undan foydalanish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube