Get Mystery Box with random crypto!

“O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasida OAV vakillari va yoshl | MINENERGY.UZ

“O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasida OAV vakillari va yoshlar uchun press-tur tashkil etildi

Bugun OAV vakillari, jurnalist va blogerlar hamda yoshlar yangi qurilayotgan “ACWA Power Sirdaryo” IES va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning Sirdaryo IES filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

Dastlabki manzil “ACWA Power Sirdaryo” issiqlik elektr stansiyasi bo‘ldi.

Zamonaviy texnologiyalar asosida bunyod etilayotgan elektr stansiyasi Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida joylashgan.

Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan elektr stansiyaning quvvati 1500 MVtga teng.

Stansiyada yiliga o‘rtacha 12 mlrd kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Unda eng zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilishi hisobiga yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Shuningdek, press-tur davomida ishtirokchilar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Sirdaryo IES filialida bo‘lishdi.

Mazkur korxona Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr stansiyasi hisoblanadi. Korxonada jami 10 ta energoblok mavjud bo‘lib, hozirgi kunda bu yerda sutkasiga o‘rtacha 42 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, stansiyada o‘z ehtiyoji uchun sarflanadigan elektr energiyasini iqtisod qilish maqsadida muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. 

Hozirda elektr stansiyasida jami sig‘imi 2400 litrga teng bo‘lgan 12 ta quyosh suv isitish qurilmalari ishlamoqda. Joriy yilning fevral oyida esa quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Forum qatnashchilari korxonada amalga oshirilayotgan islohotlar va modernizatsiya ishlari bilan yaqindan tanishdilar. 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston yoshlari forumi” davomida Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan Shirin shahri yoshlari uchun barpo qilingan “Yoshlar markazi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

@minenergy_uz