Get Mystery Box with random crypto!

Forum ishtirokchilari Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr | MINENERGY.UZ

Forum ishtirokchilari Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tasarrufidagi Shirin energetika kollejida bo‘lishdi

Ular uchun Saudiya Arabistonining “Nomac” kompaniyasi loyiha menejeri, janob Hossam Ahmad Hassanein va kollej direktori Al-Farobiy Xusanov tomonidan maxsus taqdimot o‘tkazildi.

Maʼlumot o‘rnida, kollej 660 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Unda 19 ta zamonaviy ustaxona, 4 ta laboratoriya va yotoqxona barpo qilingan. Taʼlim sifatini oshirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida muassasa hududi to‘liq WiFi bilan taʼminlangan.

Hozirda Issiqlik elektr stansiyalari turbina qurilmalarini ishlatish, Elektr stansiyalari uskunalarini taʼmirlash bo‘yicha chilangar, Elektr uskunalarini taʼmirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektromotyor hamda Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori kabi o‘ndan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha yoshlarga taʼlim berilmoqda.

2022-yilning 15-iyun sanasida Prezidentimiz raisligida aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kollej tajribasi alohida eʼtirof etilgan edi.

@minenergy_uz