Get Mystery Box with random crypto!

Milliy markaz

Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz M
Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz
Kanal manzili: @milliymarkaz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 8.89K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)
Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot
www.markaz.tdi.uz
www.youtube.com Milliy markaz
E-mail: markaz@tdi.uz

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-04-17 19:18:04
TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari boshlandi

Oʻzbekiston maktablari ilk marotaba matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)da ishtirok etmoqda. 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturida mamlakatimizning 14 ta hududi kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktab ishtirok etadi.

Bugun, 17-aprel kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tanlab olingan maktablarda ushbu tadqiqotning asosiy sinov jarayonlari boshlandi. Aprel-may oylarida respublikamizning boshqa hududlaridan tanlab olingan maktablarda ham navbat bilan oʻtkaziladi.

Sinov jarayonlari Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan oʻrnatilgan tartiblar asosida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan tashkil etiladi. Shuningdek, test va soʻrovnoma materiallari Milliy markaz tomonidan moslashtirilgan holda tarjima qilinib, materiallarning asl mazmuni va sifati saqlanganligi pudratchi tashkilot tomonidan xalqaro sifat nazoratidan (xalqaro verifikatsiya) oʻtkazilgan.

Batafsil: https://bit.ly/3oej2HL

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
5.1K views16:18
Ochish/sharhlash
2023-04-14 11:43:22
TIMSS 2023 asosiy sinov jarayonini tashkil etish boʻyicha test administratorlari tayyorlandi

Joriy yilning 11-12-aprel kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan test administratorlari uchun “TIMSS 2023 asosiy sinov jarayonini tashkil etish” mavzusida trening tashkil etildi.

Youtube(HD)da ko'rish:



Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2.9K views08:43
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:11:23
#TIMSS

TIMSS 2019 tadqiqotida foydalanilgan “Muammolarni hal qilish va tadqiqotchilikni baholash topshiriqlari” dan erishilgan natijalar

O‘zbekiston ilk marotaba oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 ishtirok etadi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan ushbu tadqiqot haqida soha xodimlariga kengroq tushuncha berish maqsadida xalqaro tashkilotlar tomonidan tayyorlangan videolar o‘zbek tiliga tarjima qilgan holda e‘lon qilinmoqda.

Ushbu video o‘quvchilarning interfaol topshiriqlar bilan ishlash orqali yuqori darajadagi matematik va tabiiy fanlardan ko‘nikmalari ega bo‘lishi hamda raqamli baholashda qanday harakat qilishlari haqida ma’lumot berish orqali o‘quvchilarning TIMSS 2019 muammolarini hal qilish va tadqiqotchilikni baholash topshiriqlaridagi yutuqlari va ishtiroki haqidagi tushunchalarni kengaytiradi.

TIMSS o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha erishgan yutuqlarini baholash bo‘yicha dunyodagi eng uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan baholash dasturi hisoblanadi. TIMSS 2019 tadqiqoti TIMSS tadqiqotlarining yеttinchi davriyligi boʻlib, tadqiqot dunyo boʻylab 64 ta mamlakat va 8 ta benchmarking tizimida oʻtkazildi.

TIMSS 2019 tadqiqotida eTIMSSda ishtirok etuvchi mamlakatlardagi tanlab olingan o‘quvchilar TIMSS tadqiqotining an’anaviy qog‘oz versiyasidan tadqiqotning yangi kompyuter versiyasiga o‘tishning asosiy elementi bo‘lgan muammolarni hal qilish va tadqiqotchilikni baholash topshiriqlariga (PSI) javob berish orqali tadqiqotda ishtirok etdilar.

PSI topshiriqlari – dinamik va interaktiv kompyuter topshiriqlari bo‘lib, o‘quvchilarni matematika va tabiiy fanlardan muammolarini hal qilish uchun yuqori darajadagi muammolarni hal qilish ko‘nikmalari va tadqiqotchilik ko‘nikmalaridan foydalanishga undaydi.

Youtube(HD)da ko'rish:



Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
4.5K views05:11
Ochish/sharhlash
2023-04-12 20:40:39
Test administratorlariga TIMSS 2023 asosiy sinov jarayonini tashkil etish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan test administratorlari uchun “TIMSS 2023 asosiy sinov jarayonini tashkil etish” mavzusida trening tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

1995-yildan beri oʻtkazib kelinayotgan TIMSS tadqiqotlari 2019-yilga qadar qogʻoz va raqamli shakllarda tashkil etib kelingan boʻlsa, 2023-yildan toʻliq raqamli formatda oʻtkaziladi.

Bugun, 12-aprel kuni trening davom ettirilib, ishtirokchilar bilan TIMSS 2023 asosiy sinov test jarayonini oʻtkazish boʻyicha maxsus dasturlardan foydalanish borasidagi amaliy mashgʻulotlar bajarildi.

Batafsil: http://bit.ly/3mrZ4bU

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
1.9K views17:40
Ochish/sharhlash
2023-04-11 18:53:53
TIMSS 2023 asosiy sinov jarayonini tashkil etish boʻyicha test administratorlari uchun trening boshlandi

“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturida Oʻzbekiston ishtirokini taʼminlash vazifasi belgilangan.

Joriy yilning aprel va may oylarida 14 ta hudud kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktabda ushbu tadqiqotlarni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 11-12-aprel kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan test administratorlari uchun “TIMSS 2023 asosiy sinov jarayonini tashkil etish” mavzusida trening tashkil etildi.

Batafsil:
http://bit.ly/41BH3qP

Kanalga ulanish:
https://t.me/uztdi
3.0K views15:53
Ochish/sharhlash
2023-04-08 19:59:16
#TIMSS

TIMSS tadqiqoti ahamiyati va mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan vebinar oʻtkazildi

2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida mamlakatimiz ilk marotaba ishtirok etishi rejalashtirilgan TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturi haqida targʻibot-tashviqot, seminar va treninglar tashkil etish, maktab direktorlari va oʻqituvchilarning salohiyatini rivojlantirish boʻyicha vazifalar belgilab berilgan.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida joriy yilning 8-aprel kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan “TIMSS — xalqaro tadqiqoti doirasida oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasini baholash” mavzusiga bagʻishlangan vebinar tashkil etildi.

Batafsil: http://bit.ly/3KJu1BN

Vebinar videosi:



Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2.6K views16:59
Ochish/sharhlash
2023-04-08 16:37:18 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan “TIMSS — xalqaro tadqiqoti doirasida oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasini baholash” mavzusiga bagʻishlab o‘tkazilgan vebinarning to‘liq videosini Youtube tarmog‘i orqali tomosha qilishingiz mumkin:



5.7K views13:37
Ochish/sharhlash
2023-04-08 08:44:23 Hurmatli ustozlar! TIMSS — xalqaro tadqiqoti doirasida oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasini baholash” mavzusiga bagʻishlangan vebinarimiz bugun soat 11:00 da boshlanadi.

Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingizni so‘raymiz: https://forms.gle/b6WhwmCkxJbGnTHS6

Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin – https://bit.ly/3KF5BJx
3.8K views05:44
Ochish/sharhlash
2023-04-07 14:34:14
Navbatdagi onlayn vebinar!

Hurmatli ustozlar! Sizlarni,TIMSS — xalqaro tadqiqoti doirasida oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasini baholash” mavzusiga bagʻishlangan vebinarga taklif etamiz!

Amaliy mashg'ulot: TIMSS — xalqaro tadqiqoti topshiriq namunalari asosida

O'tkazish kuni: 2023-yil, 8-aprel

O'tkazish vaqti: 11:00

Tashkilotchi:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi

Ishtirokchilar: TIMSS 2023 dasturida ishtirok etadigan maktablar, matematika va tabiiy fanlar bo'yicha trener-o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari.

Shuningdek, xalqaro baholash tadqiqotlariga qiziquvchilarni ham taklif etib qolamiz!

Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin – https://bit.ly/3KF5BJx

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
4.5K viewsedited  11:34
Ochish/sharhlash
2023-04-07 08:50:04 8-sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan TIMSS test topshiriqlari namunalari

O‘zbekiston maktablari ilk marotaba ishtirok etadigan 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida test namunalarni e’lon qilishda davom etamiz.

Ushbu test topshiriqlari Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi Axborotnomasining 4-sonida e’lon qilingan.

Mazkur axborotnoma Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

4-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

8-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

4-sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan TIMSS test topshiriqlari namunalari

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
5.5K viewsedited  05:50
Ochish/sharhlash