Get Mystery Box with random crypto!

TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari bosh | Milliy markaz

TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari boshlandi

Oʻzbekiston maktablari ilk marotaba matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)da ishtirok etmoqda. 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturida mamlakatimizning 14 ta hududi kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktab ishtirok etadi.

Bugun, 17-aprel kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tanlab olingan maktablarda ushbu tadqiqotning asosiy sinov jarayonlari boshlandi. Aprel-may oylarida respublikamizning boshqa hududlaridan tanlab olingan maktablarda ham navbat bilan oʻtkaziladi.

Sinov jarayonlari Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan oʻrnatilgan tartiblar asosida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan tashkil etiladi. Shuningdek, test va soʻrovnoma materiallari Milliy markaz tomonidan moslashtirilgan holda tarjima qilinib, materiallarning asl mazmuni va sifati saqlanganligi pudratchi tashkilot tomonidan xalqaro sifat nazoratidan (xalqaro verifikatsiya) oʻtkazilgan.

Batafsil: https://bit.ly/3oej2HL

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram