Get Mystery Box with random crypto!

Milliy markaz

Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz M
Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz
Kanal manzili: @milliymarkaz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 8.89K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)
Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot
www.markaz.tdi.uz
www.youtube.com Milliy markaz
E-mail: markaz@tdi.uz

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-05-16 18:03:20 Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan PIRLS 2021 tadqiqotining hisobotlari e‘lon qilindi.

Yuqoridagi "PIRLS 2021 haqida" deb nomlangan dastlabki hisobotda quyida ma’lumotlar o‘rin olgan:

PIRLS 2021 haqida umumiy ma'lumot;

PIRLS 2021da raqamli baholashga o‘tish;

PIRLS 2021da o'qishni baholash doirasi;

PIRLS 2021 da moslashuvchan baholash modelini joriy qilish;

Baholash materiallarining qiyinlik darajasi;

COVID-19 pandemiyasining tadqiqotga ta’siri va boshqa tahliliy ma’lumotlar.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
4.0K views15:03
Ochish/sharhlash
2023-05-16 16:40:50
#Xalqaro hisobotdan...

O'zbekistonning nomi 57 ta davlat va 8 ta iqtisodiyotlar qatnashgan PIRLS 2021 yirik xalqaro tadqiqoti ishtirokchilari qatoridan o'rin oldi.

Ta‘kidlash joizki, yurtimizdagi ijobiy islohotlar doirasida Hukumat qaroriga asosan Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlari milliy markazi tashkil etilib, xalqaro IEA tashkiloti bilan olib borilgan to'rt yillik chora-tadbirlar natijasida ushbu xalqaro tadqiqotda O'zbekistonning ishtirokini ta'minlashga erishildi.

Ushbu tadqiqot orqali boshlang'ich ta'lim sifatini xalqaro darajada solishtirish, oʻquvchilarning oʻqish savodxonligi boʻyicha natijalarini taqqoslash, ota-onalar va o'qituvchilarning roli, farzandlarning taʼlim olishlari uchun maktab va uydagi sharoitlar boʻyicha atroflicha ilmiy asoslangan va ishonchli maʼlumot olish imkoniyatlari paydo boʻldi.

Mazkur 5 yilda o'tkaziladigan tadqiqotning keyingi 2026-yildagi davriyligida ishtirok etish orqali mazkur sohalardagi o'zgarishlarni kuzatib borish mumkin bo'ladi.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
5.3K views13:40
Ochish/sharhlash
2023-05-16 11:47:40
Ayni paytda Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) ijrochi direktori Dr. Dirk Hastedt Siyosat va amaliyot uchun ustuvor yo'nalishlar haqida ma'ruza qilmoqda.

Birozdan so‘ng boshqa davlatlar qatorida O‘zbekiston natijalari ham e`lon qilinadi.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2.9K views08:47
Ochish/sharhlash
2023-05-16 11:12:27
Ayni paytda PIRLS 2021 xalqaro tadqiqotining natijalari eʼlon qilinmoqda

Bugun, 16-may kuni Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan PIRLS 2021 tadqiqotining natijalari eʼlon qilinishi haqida xabar bergan edik.

Avvaldan ro‘yxatdan o‘tganlar elektron pochta manzillariga yuborilgan havola orqali tadbirda onlayn ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Oʻzbekiston ilk marotaba 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash boʻyicha xalqaro PIRLS tadqiqotlarida ishtirok etgan edi.

Ushbu tadqiqot Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan imzolangan shartnomaga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan oʻtkazilgan edi.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
4.2K views08:12
Ochish/sharhlash
2023-05-12 09:23:50
PIRLS 2021 tadqiqoti natijalari e’lon qilinadi

2021-yilda Oʻzbekiston ilk marotaba 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash boʻyicha xalqaro PIRLS tadqiqotlarida ishtirok etgan edi.

Ushbu tadqiqot Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan imzolangan shartnomaga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan oʻtkazilgan edi.

Joriy yilning 16-may kuni Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan PIRLS 2021 tadqiqotining natijalari eʼlon qilinadi.

Tadbirda onlayn ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtib qoʻyish lozim: https://bit.ly/4540lrk

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2.7K views06:23
Ochish/sharhlash
2023-05-02 13:21:22
Oʻzbekiston maktablari ilk marotaba matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)da ishtirok etmoqda.

Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan imzolangan shartnomaga muvofiq, ushbu tadqiqot Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan o'tkazilmoqda.

Tadqiqotda maktab direktorlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar soʻrovnomalarda ishtirok etishmoqda.

Ishtirokchilarning xalqaro tadqiqot haqida fikrlari bilan ushbu video orqali tanishishingiz mumkin.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
4.8K views10:21
Ochish/sharhlash
2023-04-22 16:19:44
Jizzax viloyatidagi 8 ta maktab TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotida ishtirok etmoqda

Joriy yilning aprel va may oylarida mamlakatimizning 14 ta hududi kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktabda matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)ning asosiy sinovlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Shu jumladan, Jizzax viloyatidan tanlab olingan 8 ta maktabda 17-20-aprel kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan tadqiqotning asosiy sinovlari o‘tkazildi. Tadqiqotda 4- va 8-sinf oʻquvchilari kompyuter yordamida ochiq strukturalangan, javobi tanlanadigan hamda muammolarni hal qilish so’ralgan test topshiriqlarini bajarishdi. Tadqiqot doirasida shuningdek, maktab direktorlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar soʻrovnomalarda ishtirok etdilar.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
403 views13:19
Ochish/sharhlash
2023-04-22 13:42:28
Toshkent viloyatidagi 12 ta maktab TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotida ishtirok etmoqda

Joriy yilning aprel va may oylarida mamlakatimizning 14 ta hududi kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktabda matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)ning asosiy sinovlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Shu jumladan, Toshkent viloyatidan tanlab olingan 12 ta maktabda 17-20-aprel kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan tadqiqotning asosiy sinovlari o‘tkazildi. Tadqiqotda 4- va 8-sinf oʻquvchilari kompyuter yordamida ochiq strukturalangan, javobi tanlanadigan hamda muammolarni hal qilish so’ralgan test topshiriqlarini bajarishdi. Tadqiqot doirasida shuningdek, maktab direktorlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar soʻrovnomalarda ishtirok etdilar.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
1.3K views10:42
Ochish/sharhlash
2023-04-22 06:07:11
Sirdaryo viloyatidagi 8 ta maktab TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotida ishtirok etmoqda

Joriy yilning aprel va may oylarida mamlakatimizning 14 ta hududi kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktabda matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)ning asosiy sinovlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Shu jumladan, Sirdaryo viloyatidan tanlab olingan 8 ta maktabda 17-20-aprel kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan tadqiqotning asosiy sinovlari o‘tkazildi. Tadqiqotda 4- va 8-sinf oʻquvchilari kompyuter yordamida ochiq strukturalangan, javobi tanlanadigan hamda muammolarni hal qilish so’ralgan test topshiriqlarini bajarishdi. Tadqiqot doirasida shuningdek, maktab direktorlari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar soʻrovnomalarda ishtirok etdilar.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2.4K views03:07
Ochish/sharhlash
2023-04-21 04:46:45
Aziz yurtdoshlar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi jamoasi barchangizni ulug‘ ayyom — Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

Ushbu qutlugʻ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.

Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʻlidagi samarali mehnatlaringiz hamda barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi munosib hissangiz barakasini koʻrib yuring!

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
57 views01:46
Ochish/sharhlash