Get Mystery Box with random crypto!

TIMSS 2023 asosiy sinov jarayonini tashkil etish boʻyicha test | Milliy markaz

TIMSS 2023 asosiy sinov jarayonini tashkil etish boʻyicha test administratorlari uchun trening boshlandi

“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturida Oʻzbekiston ishtirokini taʼminlash vazifasi belgilangan.

Joriy yilning aprel va may oylarida 14 ta hudud kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktabda ushbu tadqiqotlarni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 11-12-aprel kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan test administratorlari uchun “TIMSS 2023 asosiy sinov jarayonini tashkil etish” mavzusida trening tashkil etildi.

Batafsil:
http://bit.ly/41BH3qP

Kanalga ulanish:
https://t.me/uztdi