Get Mystery Box with random crypto!

Milliy markaz

Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz M
Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz
Kanal manzili: @milliymarkaz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 8.89K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)
Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot
www.markaz.tdi.uz
www.youtube.com Milliy markaz
E-mail: markaz@tdi.uz

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-02-22 16:43:56
#Xalqaro_hamkorlik

ISLOM TARAQQIYOT BANKI MAKTABLARNI QURISH VA TA’MIRLASHGA MABLAG’ AJRATISHI REJALASHTIRILMOQDA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Islom Taraqqiyot Banki Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ta’lim sho‘basi rahbari Muhammad Mirzai Kahagi, Ta'lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkilotining hududiy rahbari Lina Benete hamda UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘dan foydalanishda asosiy vazifalar hamda rejalarni belgilab olishdi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Islom taraqqiyot banki tomonidan ta’mirtalab maktablarda ta’mir ishlarini amalga oshirish, yangi maktablar va sportzallar qurishga mablag’ ajratilishiga kelishib olindi.

Mazkur soha uchun GPE tomonidan ham qo‘shimcha mablag’ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, hozirgi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 10104 ta maktablar jami 5,2 million o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lsa-da, amalda ushbu maktablarda 6,3 million o‘quvchi tahsil olmoqda.

Hozirda ta’mirtalab maktablar soni 1250 tani tashkil etadi.
1.7K views13:43
Ochish/sharhlash
2023-02-21 16:25:44
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlar bilan taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlari muhokama etilmoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan UNICEF, Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2023-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida taʼlim islohotlarini muvofiqlashtiruvchi "Hamkorlik to‘g‘risidagi milliy kelishuv"ni ishlab chiqish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNICEFning Ta’lim sektori rahbari Alberto Biankoli, Taʼlim boʻyicha global hamkorlik tashkilotining mamlakat guruhi rahbari Lina Benet va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad:

Taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlarini va kamchiliklarni aniqlash orqali yakuniy xulosalar chiqarish;
“Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv” hujjatida aks etuvchi tizimli islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari va investitsiyalarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;
“Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv”ning tarkibiy tematik yoʻnalishlari boʻyicha indikatorlarni ishlab chiqishdan iborat.

Davra suhbati ikki kun davom etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
1.1K views13:25
Ochish/sharhlash
2023-02-12 09:57:39
Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.

Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?

Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik bilan kommunikatsiya o‘rnatish.

“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.

Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.

Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.

Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!
1.6K views06:57
Ochish/sharhlash
2023-02-07 15:26:54 Maktab ta’limiga oid muhim choralar amalga oshirilishi belgilanmoqda — Davlat dasturi Farmoni loyihasi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respbulikasi Prezidentining 2022−2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unda ta’lim sifatini oshirish, sohani ilg‘or xorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida joriy yilda qator muhim choralar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Aziz yurtdoshlar va ta’lim sohasi fidoyilari!

Siz ham ushbu Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting hamda sohaga doir muhim takliflaringizni qoldiring.
1.8K views12:26
Ochish/sharhlash
2023-02-07 13:43:49
#tahlil

Ota-onalar diqqatiga!

Nima sababdan baʼzi o‘quvchilar maktabga borishni istamaydi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining bu galdagi so‘rovnomasi ota-onalarning taʼlimga munosabatini o‘rganishga qaratilgan.

So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi. Ishtirokingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz! So‘rovnoma natijalar tahlili ham institutning rasmiy kanalida eʼlon qilinadi.

Ishtirok etish havolasi: https://bit.ly/3lf1CZW

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
2.4K views10:43
Ochish/sharhlash
2023-02-01 17:47:07
Президент Андижон туманидаги 55-умумтаълим мактабида жорий қилинган касбга ўқитиш тизими билан танишди

Президент ознакомился с системой профессионального обучения, внедренной в общеобразовательной школе №55 Андижанского района

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
1.9K views14:47
Ochish/sharhlash
2023-02-01 13:28:30
70 фоизгача камайган қоғозбозлик – мактабдаги шароитдан ўқитувчиларнинг кўнгли тўляптими?

Устозларнинг кўпи мактаб таълимида охирги йилларда бўлган энг катта ўзгариш сифатида ўқувчиларни баҳолаш жараёни онлайн платформага ўтгани ва шу сабаб қоғоз журнал, кундаликлардан воз кечилгани бўлганини айтишмоқда. Қолаверса, сўнгги 5-6 йилда мажбурий меҳнат барҳам топгани ўқитувчиларнинг ўз устида ишлашига кўпроқ вақт қолдиряпти деган фикрда.

https://kun.uz/17712601

Kun.uz расмий канали
2.6K views10:28
Ochish/sharhlash
2022-12-14 08:50:44 Joriy yilning 10-dekabr kuni Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda navbatdagi seminar-trening hamda mahorat darslari tashkil etildi.

Ushbu seminarda Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi, tuman (shahar) bo'limi fan metodistlari, boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari hamda Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbir tafsilotlari bilan “Xorazm MTRK” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Youtube da ko'rish:




Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
1.4K views05:50
Ochish/sharhlash
2022-12-13 16:57:10
Xabar berganimizdek, Joriy yilning 12-dekabr kuni Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazida Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etilgan edi.

Ushbu tadbirning video roligi hamda taqdimotlarning video yozuvlari 2 ta qismda e'tiboringizga havola etilmoqda.

Milliy markazning Youtube sahifasida ko'rish:

1-qism
“TIMSS xalqaro tadqiqotida matematika fanidan PSI (Problem Solving and Inquiry Tasks) muammolarni hal qilishga doir topshiriqlardan namunalar”

2-qism “TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida o‘quvchilarning matematika fanidan topshiriqlardan namunalarni ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish”

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
1.9K views13:57
Ochish/sharhlash
2022-12-13 16:27:51
Hurmatli ustozlar! Sizlarni tabiiy fanlar bo'yicha bo'lib o'tadigan seminar-treningga taklif etamiz!

Mazkur seminar-trening “TIMSS va PISA tadqiqotlarining tabiiy fanlarga oid topshiriqlari o'rtasidagi asosiy farqlar” mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, tabiiy fanlar o‘qituvchilari uchun TIMSS hamda PISA tadqiqoti topshiriqlari tuzilishi va tadqiq doirasini to'laroq tushunishlarida metodik yordam berish maqsadida tashkil etiladi.

O'tkazish shakli: offlayn va onlayn

O'tkazish kuni: 2022-yil, 14-dekabr

O'tkazish vaqti: 14:30

O'tkazish joyi: Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Milliy
markaz binosi, 2-qavat, seminar-treninglar xonasida

Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin! - https://bit.ly/3uNvf6a

Eslatma: ushbu tadbir majburiy xarakterga ega bo'lmasdan, unda ixtiyoriy, asosiy ishdan bo'sh vaqtda ishtirok etish mumkinligi nazarda tutilgan.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
3.1K views13:27
Ochish/sharhlash