Get Mystery Box with random crypto!

Milliy markaz

Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz M
Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz
Kanal manzili: @milliymarkaz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 8.89K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)
Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot
www.markaz.tdi.uz
www.youtube.com Milliy markaz
E-mail: markaz@tdi.uz

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-04-05 18:44:43
#Xorijiy_hamkorlik

XORIJIY HAMKORLAR BILAN 2026-YILGACHA TA’LIM SOHASINI ISLOH QILISH BO’YICHA YO‘L XARITASI IMZOLANDI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE), UNICEF hamda milliy va xalqaro hamkorlar ishtirokida 2023-2026-yillarda ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade hamda xalqaro va mahalliy hamkorlar ishtirok etishdi.

Mazkur Yo‘l xaritasi doirasida quyidagi yo‘nalishlarda birgalikda ish olib borish ko’zda tutilmoqda:

o’qituvchilar malakasini oshirish,
o’quvchilar bilimini adolatli baholash tizimini joriy etish,
maktablarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash,
zamonaviy darsliklar ishlab chiqish va joriy etish,
ta’limda boshqaruv tizimini takomillashtirish.

Davra suhbati davomida vazirlik va xalqaro hamda mahalliy hamkorlar o’rtasida Yo’l xaritasini imzolandi.

Endilikda mazkur Yo‘l xaritasi 54 ta hamkor tashkilotni birlashtirib, ta’lim sektoridagi islohotlarni amalga oshirish uchun aniq dasturni ta’minlaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
2.4K views15:44
Ochish/sharhlash
2023-04-03 16:00:17 4-sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan TIMSS test topshiriqlari namunalari

O‘zbekiston maktablari ilk marotaba ishtirok etadigan 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida test namunalarni e’lon qilishda davom etamiz.

Ushbu test topshiriqlari Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi Axborotnomasining 4-sonida e’lon qilingan.

Mazkur axborotnoma Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

4-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

8-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
565 views13:00
Ochish/sharhlash
2023-03-31 14:24:16 8-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

O‘zbekiston maktablari ilk marotaba ishtirok etadigan 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida test namunalarni e’lon qilishda davom etamiz.

Ushbu test topshiriqlari Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi Axborotnomasining 4-sonida e’lon qilingan.

Mazkur axborotnoma Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

4-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6.3K views11:24
Ochish/sharhlash
2023-03-30 15:56:55 4-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari

O‘zbekiston maktablari ilk marotaba TIMSS tadqiqotlarida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida turli ma'lumotlar e’lon qilib boriladi.

Ushbu test topshiriqlari Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi Axborotnomasining 4-sonida e’lon qilingan.

Mazkur axborotnoma Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6.2K views12:56
Ochish/sharhlash
2023-03-30 09:26:46
PISA natijalari tahlili va hisobotlarini shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribalar oʻrganilmoqda

Maʼlumki, Oʻzbekiston 2022-yilda ilk marotaba PISA xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etdi. Navbatdagi vazifa ushbu xalqaro tadqiqot natijalarini tahlil qilish, hisobotlarini shakllantirish va xalqaro tashkilot tomonidan belgilangan qatʼiy talablarni yuqori sifatda bajarish hisoblanadi.

Bugungi kunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi bu yoʻnalishdagi ilgʻor davlatlar tajribasini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Joriy yilning 28-mart kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) PISA Yetakchi tahlilchi dasturining (Lead Analyst Programme) navbatdagi vebinari boʻlib oʻtdi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tahlil guruh rahbari Myako Ikeda boshchiligidagi ekspertlar tomonidan videokonferensiya formatida oʻtkazilgan tadbirda Ruminiya, Moʻgʻuliston kabi davlatlar qatorida Oʻzbekiston vakillari sifatida Milliy markaz xodimlari ham ishtirok etdi.

Vebinar davomida ishtirokchilarga PISA baholash asoslari, maʼlumotlarni yigʻish tartiblari va ularni mazmunli tahlil qilish uchun zarur boʻlgan tahliliy texnikalar haqida chuqur tushuncha berildi.

Maʼlumot uchun, PISA Yetakchi tahlilchi dasturi taʼlim sohasidagi tadqiqotchilarga PISA maʼlumotlarini tahlil qilish va sharhlash uchun zarur boʻlgan analitik va texnik koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradigan kasbiy rivojlanish dasturidir.

Vebinar davomida mutaxassislarimiz xalqaro tahlilchilardan mavzu boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi.

Batafsil: http://bit.ly/3Zje2hS

Подробно: http://bit.ly/3zmalxb

Detail: https://bit.ly/3G0F0nx

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
1.5K views06:26
Ochish/sharhlash
2023-03-29 21:12:09
PISA natijalari tahlili va hisobotlarini shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribalar oʻrganilmoqda

Batafsil: http://bit.ly/3Zje2hS
— — — — — — — — —

Изучаются передовые опыты по формированию анализа результатов и отчетов PISA

Подробно: http://bit.ly/3zmalxb
— — — —- —- —- —- —-

Advanced experiences on forming analysis of PISA results and reports are being studied

Detail: https://bit.ly/3G0F0nx

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2.0K views18:12
Ochish/sharhlash
2023-03-23 22:52:49
Oʼzbekistonlik oʼquvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlardagi ishtiroki koʼrib chiqildi

Italiyaning Rim shahrida oʼtkazilayotgan PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressida ishtirok etayotgan Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari Usmon Sharifxodjaev qator xorijiy taʼlim tashkilotlari yetakchilari va ekspertlari bilan muloqot olib bormoqda.

Аsosiy uchrashuvlardan biri bugun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bosh kotibining Taʼlim siyosati boʼyicha maxsus maslahatchisi, PISA dasturining tashabbuskori va rahbari Аndreas Shlyaxer ishtirokida boʼlib oʼtdi.

Usmon Sharifxodjaev PISA dasturi rahbari bilan oʼtkazilgan suhbatda taʼlim sohasidagi oʼzaro hamkorlik ishlari hamda yurtimiz oʼquvchilarining kelgusi yillarda mazkur xalqaro tadqiqotlarda ishtiroki etishi, natijalarni muhokama qilish va bunda uzluksizlikni taʼminlash masalalari boʼyicha fikr almashdi.

Uchrashuvda Oʼzbekistonning mazkur xalqaro dasturning 2025-yildagi tadqiqotida ishtiroki, oʼquvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash, erta yoshdagi bolalarning rivojlanishini baholash boʼyicha "Baby PISA" tadqiqotida ishtirok etish imkoniyatlarini koʼrib chiqildi.

Muhokamalar natijasiga koʼra, oʼzbekistonlik oʼquvchilarning 2025-yilda PISA tadqiqot dasturlarida ishtirok etishi, nufuzli PISA, TALIS kabi nufuzli dasturlar boshqaruv kengashining xalqaro darajadagi tadbirlarini kelgusida Oʼzbekistonda oʼtkazish boʼyicha muhim fikrlar bildirib oʼtildi.
1.9K views19:52
Ochish/sharhlash
2023-03-22 12:26:56
Oʼzbekistondagi taʼlim islohotlari PISA boshqaruv kengashining 55-Kongressida taqdim qilindi

Shu kunlarda Italiyaning Rim shahrida PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressi boʼlib oʼtmoqda.

Dunyoning 70 dan ortiq mamlakat taʼlim sohasi rahbarlari ishtirok etayotgan tadbirda taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlari boʼyicha yaqin kelajakdagi rejalar muhokama qilinmoqda.

Kongressda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari Usmon Sharifxodjaev Oʼzbekiston uchun xalqaro taʼlim sifatini baholash tadqiqotlarida ishtirok etish ahamiyatiga toʼxtalib, yaqin yillarda taʼlimni transformatsiya qilish boʼyicha mamlakatimizning rejalari bilan oʼrtoqlashdi.
 
Maʼlumot uchun: Oʼzbekiston 2022-yilda ilk bora PISA sinovlarida ishtirok etdi. Mazkur sinov 15 yoshli oʼquvchilar bilimini hayotga qoʼllay olishini baholashga yoʼnaltirilgan bo’lib, natijalar joriy yil yakunida eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
1.1K views09:26
Ochish/sharhlash
2023-03-18 22:30:15
#Конституция_ўзимизники

"Ortiqcha qog'ozbozlikning tugatilishi biz ustozlarga ko’p imkoniyatlar yaratdi"

Referendum oldi yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi o’zgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etilgan  bayram tadbiridan lavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
730 views19:30
Ochish/sharhlash
2023-03-18 13:19:05
Umumxalq xayriya hashari koʻtarinki ruhda o‘tkazildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazida ham “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtdi.

Hashar davomida yer maydoni obodonlashtirildi, ariqlar tozalandi, chiqindilar chiqarib tashlandi, daraxt oqlandi va ularga shakl berildi.

Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri boʻlmish hashar kishilarni jipslashtiruvchi, yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi ezgu amallardan biri ekanligi yana bir bor yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
1.7K views10:19
Ochish/sharhlash