Get Mystery Box with random crypto!

#TIMSS TIMSS 2019 tadqiqotida foydalanilgan “Muammolarni hal | Milliy markaz

#TIMSS

TIMSS 2019 tadqiqotida foydalanilgan “Muammolarni hal qilish va tadqiqotchilikni baholash topshiriqlari” dan erishilgan natijalar

O‘zbekiston ilk marotaba oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 ishtirok etadi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan ushbu tadqiqot haqida soha xodimlariga kengroq tushuncha berish maqsadida xalqaro tashkilotlar tomonidan tayyorlangan videolar o‘zbek tiliga tarjima qilgan holda e‘lon qilinmoqda.

Ushbu video o‘quvchilarning interfaol topshiriqlar bilan ishlash orqali yuqori darajadagi matematik va tabiiy fanlardan ko‘nikmalari ega bo‘lishi hamda raqamli baholashda qanday harakat qilishlari haqida ma’lumot berish orqali o‘quvchilarning TIMSS 2019 muammolarini hal qilish va tadqiqotchilikni baholash topshiriqlaridagi yutuqlari va ishtiroki haqidagi tushunchalarni kengaytiradi.

TIMSS o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha erishgan yutuqlarini baholash bo‘yicha dunyodagi eng uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan baholash dasturi hisoblanadi. TIMSS 2019 tadqiqoti TIMSS tadqiqotlarining yеttinchi davriyligi boʻlib, tadqiqot dunyo boʻylab 64 ta mamlakat va 8 ta benchmarking tizimida oʻtkazildi.

TIMSS 2019 tadqiqotida eTIMSSda ishtirok etuvchi mamlakatlardagi tanlab olingan o‘quvchilar TIMSS tadqiqotining an’anaviy qog‘oz versiyasidan tadqiqotning yangi kompyuter versiyasiga o‘tishning asosiy elementi bo‘lgan muammolarni hal qilish va tadqiqotchilikni baholash topshiriqlariga (PSI) javob berish orqali tadqiqotda ishtirok etdilar.

PSI topshiriqlari – dinamik va interaktiv kompyuter topshiriqlari bo‘lib, o‘quvchilarni matematika va tabiiy fanlardan muammolarini hal qilish uchun yuqori darajadagi muammolarni hal qilish ko‘nikmalari va tadqiqotchilik ko‘nikmalaridan foydalanishga undaydi.

Youtube(HD)da ko'rish:



Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram