Get Mystery Box with random crypto!

Mehribon Shifokor

Telegram kanalining logotibi mehribon_shifokor — Mehribon Shifokor M
Telegram kanalining logotibi mehribon_shifokor — Mehribon Shifokor
Kanal manzili: @mehribon_shifokor
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.29K
Kanalning ta’rifi

Mehribon Shifokor sizning ko'zingizni zamonaviy tibbiyotga ochib beradi😉
Reklama👉 @HD_Reklama_Agentlik
Admin👉 @shexran

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-29 06:33:24
Uy sharoitida tovon yorilishini qanday davolash mumkin?

Shifokor Farrux Oʻrmonov

Issiq vanna qilish: suvga suyuq sovun va gel qoʻshing, oyoqni 15-20 daqiqa shu vannada ushlab turing, oyoqni quritib, paxtadan tayyorlangan paypoq kiyib oling.

Meva sirkalari bilan artish: olma kislotasi koʻproq foydaliroq.

Terini oziqlantiruvchi kremlardan foydalaning.

Banan poʻsti va asaldan tovonga maska qilib qoʻying. 30 daqiqadan soʻng yuving.

Dermatologdan tibbiy maslahat olishni unutmang.

Mehribon Shifokor
2.1K views03:33
Ochish/sharhlash
2022-08-10 09:35:36
Koʻp uzum yeyish zararlimi?

Uzum tarkibida qand, oqsil, yogʻ, shuningdek organik kislotalar kabi 150 dan ortiq faol moddalar mavjud. Mevaning tarkibida kislotalarning koʻpligi bois, balgʻam koʻchirishni osonlashtiradi va yoʻtalni yumshatadi. Immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi.

Shunga qaramasdan, uzumni yeyishda biroz ehtiyotkor boʻlgan maʼqul. Oshqozon-ichak kasalliklari, qandli diabet va ortiqcha vaznli bemorlarga kamroq uzum yeyish tavsiya etiladi.

Uzum kuchli allergenlar qatoriga kiradi. U qanchalik toʻq rangda boʻlsa, allergiya chaqirish xususiyati shunchalik koʻp boʻladi. Ammo aynan ana shunday toʻq rangli uzumda organizm uchun muhim boʻlgan antioksidantlar bir buncha koʻp boʻladi.

Uzum foydali meva boʻlsada, kaloriyaga boy boʻlganligi sababli uni koʻp miqdorda isteʼmol qilib boʻlmaydi. Kuniga 15-20 dona uzum yeyish me’yoriy holat sanaladi.

”Kun uz” nashridan

Mehribon Shifokor
6.1K views06:35
Ochish/sharhlash
2022-08-10 03:35:10
Ertalab och qoringa ichilgan suv eng yaxshi shifodir

Qandli diabet, semizlik, gormonal muvozanat, artrit, aritmiya, migren, buyrak yetishmovchiligi kabi kasalliklardan xalos boʻlishga yordam beradi.

Ertalab bir stakan suv ichaklarni tozalashga, oshqozon osti bezi va oshqozon ishini normallashtirishga yordam beradi.

Uygʻonganingizdan soʻng darhol bir stakan iliq toza suv iching. Hojatdan soʻng yana 1 stakan suv iching, keyin nonushta qiling!

Bunda oshqozon yuviladi va kun davomida oʻzingizni quvnoq va tetik his qilasiz.

Mehribon Shifokor
5.5K views00:35
Ochish/sharhlash
2022-08-09 18:23:26
Kimlarga Pepsi-Cола ichish qatʼiy man etiladi?

Ushbu mahsulotdan quyidagi kasalliklarda foydalanish taqiqlanadi:

Kariyes va tishlarning boshqa patologiyalari;
Kislotalilik oshqozon;
Ingichka ichak kasalliklari,
Oʻn ikki barmoqli ichakning yalligʻlanishi;
Kolit;
Har qanday onkologik patologiya;
Semizlik;
Qandli diabet;
Allergiya;
Gipertenziya;
Jigar va buyraklarning jiddiy buzilishlari;
Asab tizimining disfunksiyalari.

Mehribon Shifokor
4.8K views15:23
Ochish/sharhlash
2022-08-08 15:31:55
Nosning organizmga taʼsiri qanday?

Nosni tayyorlashda tamaki bargi, oʻsimlik yogʻi, ohak, kul, suv kabi vositalar ishlatiladi. Shuning uchun uning tarkibida nikotin, margimush, potash va yana koʻplab zaharli moddalar boʻladi. Bu moddalar inson salomatligi uchun jiddiy xavf soladi.

Ular yurak-qon tomir, jigar, buyrak va oʻpka kabi muhim aʼzolar faoliyatini buzadi.
Nos tarkibidagi mahsulotlar tishlarni yemiradi.
Ogʻiz, til, qiziloʻngach va oshqozon raki nos chekuvchilarda koʻp rivojlanadi.
Nos chekuvchilarda jinsiy quvvat pasayishi va bepushtlik rivojlanadi.
Bosh miya va uning qon-tomirlariga taʼsir qilib, bosh miya atrofiyasi va uning oqibatida xotira pasayishi, diqqatning kamayishi, uyquning buzilishi, erinchoqlik, asabiylik kabilarni keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari nosga ruhiy va jismoniy qaramlik sigaret mahsulotlariga nisbatan koʻproq rivojlanadi.

Mehribon Shifokor
4.8K views12:31
Ochish/sharhlash
2022-08-08 05:25:12
3 TOIFA ONALAR BOR:

1-toifa: Onadir
Bolasiga hadya olsa, bolam senga hadyani men oldim deb, bolasini oʻziga bogʻlaydi.

2-toifa: Vafoli onadir
Bolam senga hadya oldim, lekin otang sogʻ boʻlsin, senga ishlab sovgʻa olishimga sababchi boʻldi deb, bolasini otasiga ham oʻziga bogʻlaydi.

3-toifa: Ham vafoli, ham oʻqituvchi, xam din oʻrgatuvchi muslimadir
Bolam senga hadya olgan boʻlsamda, pulini otang toʻlagan boʻlsada, aslida senga olishligimda Alloh xohladi va nasib qildi, Allohga minnatdorchilik bildirgin deb bolasini Allohga, dinga oʻrgatadi.

Mehribon Shifokor
4.3K views02:25
Ochish/sharhlash
2022-08-07 21:00:06
Qaysi tomonga qarab uxlash foydali?

Shifokor Dilafroʻz Moʻminova:

Uyqu inson organizmi uchun eng kerakli jarayonlardan biridir. U inson hayotining oʻrtacha hisobda uchdan bir qismini tashkil etadi. Oʻng tomoni bilan yotib uxlashda tana aʼzolarining ishlashi va moddalar almashinuvi yaxshilanadi.

Oʻng tomonga qarab uxlaganda yurak tepa tomonda ortiqcha bosimsiz, mustaqil harakatlanadi, bu esa yurak kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar uchun foydali.

Jigar va 12 barmoqli ichak kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar esa chap tomonga yotib uxlashlari foydali hisoblanadi.

Mehribon Shifokor
3.9K views18:00
Ochish/sharhlash
2022-08-07 20:51:21 #Bilasizmi?

QAYSI VITAMIN QANDAY VAZIFANI BAJARADI?

A vitamini
— terini mayinlashtirib, soch toʻkilishining oldini oladi;
B1 vitamini — tirnoq va sochlar mustahkamligi uchun xizmat qiladi;
V2 vitamini — organizmdagi hujayralarda faollikni kuchaytiradi;
V5 vitamini — erta qarishning oldini oladi;
V6 vitamini — moddalar almashinuvini kuchaytiradi;
N vitamini — teri quruqlashishi, poʻst tashlashi hamda sochlardagi pigment jarayonlarining oldini oladi;
S vitamini — antioksidant, immunitetni oshirib, qon tomirlari devorini mustahkamlaydi;
D vitamini — suyaklar tolasini mustahkamlaydi;
E vitamini — keksayish jarayonini sekinlashtiradi;
Tsink (rux) — soch va tirnoqlarning tabiiy tarkibini tiklashga koʻmaklashib, toshmalardan himoyalaydi;
Kaliy — mushaklar zaiflashuvining oldini oladi;
Kremniy — kollagen ishlab chiqilishi uchun muhim boʻlib, soch va tirnoqlarni mustahkamlaydi.
Magniy — asab tolalari faoliyatini me’yorlashtiradi;
Kaltsiy va fosfor — tishlar, tirnoq va sochlarni mustahkamlaydi.

Mehribon Shifokor
4.3K views17:51
Ochish/sharhlash
2022-08-04 05:25:13
TARVUZ SUVI NIMANI MUSTAHKAMLAYDI?

Buyraklarni yuvadi, shishlarni yoʻqotadi, tomirlarni mustahkamlaydi, tetiklashtiradi

Yaqinlarga Ham Ulashing

Mehribon Shifokor
6.3K views02:25
Ochish/sharhlash
2022-08-03 22:50:52
Suzishning organizm uchun foydali xususiyatlari

Axbor Aʼzamov, sogʻlom hayot targʻibotchisi

Suzish - insonning deyarli barcha tizimlarini mustahkamlaydi. Maʼlumotlarga koʻra, faqat suzganda insonning barcha mushaklari ishlaydi.

Suzishning foydali jihatlari:
Qomatni toʻgʻirlaydi. Umurtqa pogʻonasi va tayanch-harakat tizimi kasalliklari profilaktikasi hisoblanadi.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining oldini oladi.
Nafas olishda ishtirok etuvchi mushaklarni chiniqtiradi. Oʻpkani rivojlantiradi.
Immunitetni oshiradi.
Tanadagi energiyani sarflaydi va ozishga yordam beradi.
Stressni yengishga yordam beradi, tinchlantiradi.
Kayfiyatni koʻtaradi, zavqlantiradi.

Mehribon Shifokor
5.9K views19:50
Ochish/sharhlash