Get Mystery Box with random crypto!

Suzishning organizm uchun foydali xususiyatlari Axbor Aʼzam | Mehribon Shifokor

Suzishning organizm uchun foydali xususiyatlari

Axbor Aʼzamov, sogʻlom hayot targʻibotchisi

Suzish - insonning deyarli barcha tizimlarini mustahkamlaydi. Maʼlumotlarga koʻra, faqat suzganda insonning barcha mushaklari ishlaydi.

Suzishning foydali jihatlari:
Qomatni toʻgʻirlaydi. Umurtqa pogʻonasi va tayanch-harakat tizimi kasalliklari profilaktikasi hisoblanadi.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining oldini oladi.
Nafas olishda ishtirok etuvchi mushaklarni chiniqtiradi. Oʻpkani rivojlantiradi.
Immunitetni oshiradi.
Tanadagi energiyani sarflaydi va ozishga yordam beradi.
Stressni yengishga yordam beradi, tinchlantiradi.
Kayfiyatni koʻtaradi, zavqlantiradi.

Mehribon Shifokor