Get Mystery Box with random crypto!

Koʻp uzum yeyish zararlimi? Uzum tarkibida qand, oqsil, yog | Mehribon Shifokor

Koʻp uzum yeyish zararlimi?

Uzum tarkibida qand, oqsil, yogʻ, shuningdek organik kislotalar kabi 150 dan ortiq faol moddalar mavjud. Mevaning tarkibida kislotalarning koʻpligi bois, balgʻam koʻchirishni osonlashtiradi va yoʻtalni yumshatadi. Immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi.

Shunga qaramasdan, uzumni yeyishda biroz ehtiyotkor boʻlgan maʼqul. Oshqozon-ichak kasalliklari, qandli diabet va ortiqcha vaznli bemorlarga kamroq uzum yeyish tavsiya etiladi.

Uzum kuchli allergenlar qatoriga kiradi. U qanchalik toʻq rangda boʻlsa, allergiya chaqirish xususiyati shunchalik koʻp boʻladi. Ammo aynan ana shunday toʻq rangli uzumda organizm uchun muhim boʻlgan antioksidantlar bir buncha koʻp boʻladi.

Uzum foydali meva boʻlsada, kaloriyaga boy boʻlganligi sababli uni koʻp miqdorda isteʼmol qilib boʻlmaydi. Kuniga 15-20 dona uzum yeyish me’yoriy holat sanaladi.

”Kun uz” nashridan

Mehribon Shifokor