Get Mystery Box with random crypto!

Nosning organizmga taʼsiri qanday? Nosni tayyorlashda tama | Mehribon Shifokor

Nosning organizmga taʼsiri qanday?

Nosni tayyorlashda tamaki bargi, oʻsimlik yogʻi, ohak, kul, suv kabi vositalar ishlatiladi. Shuning uchun uning tarkibida nikotin, margimush, potash va yana koʻplab zaharli moddalar boʻladi. Bu moddalar inson salomatligi uchun jiddiy xavf soladi.

Ular yurak-qon tomir, jigar, buyrak va oʻpka kabi muhim aʼzolar faoliyatini buzadi.
Nos tarkibidagi mahsulotlar tishlarni yemiradi.
Ogʻiz, til, qiziloʻngach va oshqozon raki nos chekuvchilarda koʻp rivojlanadi.
Nos chekuvchilarda jinsiy quvvat pasayishi va bepushtlik rivojlanadi.
Bosh miya va uning qon-tomirlariga taʼsir qilib, bosh miya atrofiyasi va uning oqibatida xotira pasayishi, diqqatning kamayishi, uyquning buzilishi, erinchoqlik, asabiylik kabilarni keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari nosga ruhiy va jismoniy qaramlik sigaret mahsulotlariga nisbatan koʻproq rivojlanadi.

Mehribon Shifokor