Get Mystery Box with random crypto!

Matematikadan repetitor

Telegram kanalining logotibi matematikadan_repetitor — Matematikadan repetitor M
Telegram kanalining logotibi matematikadan_repetitor — Matematikadan repetitor
Kanal manzili: @matematikadan_repetitor
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 8
Kanalning ta’rifi

Kanalimda turfa-xil murakkab va “nozik” masalalarning chiroyli yechimlarini o‘rganishingiz va ayrim shaxsiy fikrlarimni o‘qib borishingiz mumkin. Yumorlarimga yig‘lash esa kerak emas.
Murojaat uchun: @matematikadan_repetitor_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2021-01-28 05:11:44
@matematikadan_repetitor
1.6K views02:11
Ochish/sharhlash
2021-01-28 04:00:00 ​Jichcha matematika buyog‘i
Hurmat bilan o‘zim

@matematikadan_repetitor
1.2K views01:00
Ochish/sharhlash
2021-01-27 13:50:36 #ЁшИстеъдод

Қадим-қадимдан Ер юзида яшаган одамларнинг кўпчилигига жамиятдаги бирор ўзгариш, янгилик ёки тафовутларни ҳазм қилиши жуда қийин бўлган, чунки улар ўзлари ўрганиб қолган қобиқларидан чиқишга қўрқишган. Жамиятнинг бармоқ билан санарли аъзоларигина узоқни кўра билиб, бошқаларни ҳам юксалишга даъват этган, бироқ, афсуски, аксарият ҳолларда бу қаттиқ қаршиликка учраган. Қуйидаги мақолада мавзуга оид ибратли ҳикоя мисолида шундай илғор фикрлари сабаб қурбон бўлган мутафаккирлар ҳақида сўз юритилади.

@fayzboguz
1.1K views10:50
Ochish/sharhlash
2021-01-26 21:13:03
Bitta suratda bir millatning ikki farzandi Fayzullo Xo'jayev va Yo'ldosh Oxunboboyev.
Biri millat xoini, biri millat qahramoni.

Millat qahramoni, O'zbekistonning hozirgi territorial ko'rinishini saqlab qolgan, Buxoro, Samarqand va Toshkentni O'zbekistonning tarkibida saqlab qolgan, o'z yurtini mustaqil ko'rishni orzu qilgan millat qahramoni Fayzullo Xo'jayev. U Buxoroda boy xonadonda kamol topgan bo'lsada bor boyligini millat ravnaqi uchun, maktablar qurishga va jadidlarni Yevropa davlatlariga o'qishga yuborishga sarflagan millat qahramoni. Uni millatsevarligi uchun 1938 - yil Moskvada sovetlar otib tashlashgan.

Millat xoini, butun Farg'ona vodiysidagi o'zbek yerlarini qo'shnilarga berib yuborgan, oddiy yozish va o'qishni bilmagan, savodsiz kommunist Yo'ldosh Oxunboboyev. U sovetlarning malayi bo'lib umrining oxirigacha farog'atda yashab Moskvada vafot etgan xoindir.

(Surat 1930-1931 - yillarda Vokzalda olingan, qayerda olingani noma'lum)

@jadidlar
1.1K views18:13
Ochish/sharhlash
2021-01-25 12:44:51 Umar Xayyom va din.

Umar Xayyom (1048-1123)-Sharq olimi, faylasuf, shoir. Tabiiy fanlar rivojiga, astronomik kuzatishlarga katta e'tibor bergan, ular asosida 1079 yilda yangi, aniq kalendar ishlab chiqqan. Xorazmiy, Beruniy va yunon olimlari fikriga asoslanib, falsafiy masalalarga bag‘ishlab maxsus asarlar yaratgan, matematika ilmini rivojlantirgan, matematikaga bag‘ishlangan ikkita, fizikaga bag‘ishlangan bitta risola yozgan. Umar Xayyom tabiat haqidagi va turli etnografik materiallarni o‘z ichiga olgan "Navro‘znoma" asarining ham muallifidir. Xayyomni olamga mashhur qilgan uning chuqur falsafiy mazmunli ruboiylaridir. U tabiatning moddiyligini, undagi o‘zgarishlarning abadiy ekanligini ta'kidladi, moddiy narsalar o‘zgarib, yangilanib turadi, konkret buyumlar yo‘qolib, yangisi vujudga keladi, lekin moddiy asos abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblagan. Xayyom tabiatni bilishda insonning aqliy qobiliyatlarini ulug‘lagan, inson tabiatning eng yetuk mahsuli ekanligini, bilishda aql va ilmga asoslanish zarurligini ko‘rsatdi. O‘z falsafiy risolalarida Forobiy, Ibn Sino ta'limotlarini davom ettirib, vujud, mavjudot, modda, shakl, olamiy aql kabi falsafiy kategoriyalarni tahlil qilgan, olamning murakkabligi va yaxlitligi haqidagi panteistik ta'limotni rivojlantirgan. Uning ruboiylari yaratuvchiga, dindorlarga, diniy fatalizmga qarshi qaratilgan hurfikrlilik g‘oyalari bilan sug‘orilgan. Umar Xayyom xudoni adolatsizlikda, mantiqiy noizchillikda, mehrsizlikda ayblaydi va olamni insonparvarlik asosida qaytadan yaratish haqida fikr yuritadi, diniy aqidalardan noroziligini bildiradi, ilm-fanni ulug‘laydi va ularni egallashga chaqiradi. Umar Xayyom asarlari Sharqda hurfikrlilikning rivojida katta ijobiy rol o‘ynagan.

1.
Ko‘zamni sindirib, irg‘itding, tangri,
Xurramlik eshigin berkitding, tangri.
Tuproqqa to‘kdingku gulgun mayimni,
Bilmadim, mastmisen, na etding tangri.

*

Разбил кувшин с вином ты мой, о господи,
Нет радости мне ни одной, о господи,
Пурпурное вино на земле пролито, —
Будь проклят я, ты сам хмельной, о господи.

2.
Ko‘plar donishmand deb bildilar o‘zni,
Xudoning zotidan ochdilar so‘zni.
Hech biri bilolmay azal sirlarin,
Aljirab-valjirab yumdilar ko‘zni.

*

Кто жемчужину смысла насквозь просверлил,
О божественном, словно пророк, говорил, Все же к тайне предвечной не смог прикоснуться, —
Суесловил — и скрылся во мраке могил.

3.
Tangri, o‘zing shunday yaratding meni,
Mayu cholg‘uvchiga qaratding meni.
Azalda shu xilda yaratib qo‘yib,
Nechun do‘zaxingga qulatding meni?!

*

Ты — творец, и таким ты меня сотворил,
Дал вина и любовной тоской напоил.
Если ты в первый день меня создал поэтом, Так за что же тогда ты мне ад посулил?

4.
Azalda loyimni qorganda xudo,
Bilardi fe'limdan ne bo‘lur paydo.
Hukmidan tashqari emas gunohim,
Xo‘sh, nechun mahsharda beradi jazo?!

*

Знал господь до того, как слепил нас, друзья,
Что прожить без грехов в этом мире нельзя.
Сам диктует дела, предрешает поступки,
А потом и пугает нас, адом грозя.

5.
Yo olloh, ul go‘zal oyni yaratib,
Sochi sunbulidan anbar taratib,
Unga qaramagil deya buyursang,
Zulmku, dil shavqin o‘zing qo‘zg‘atib.

*

Дал красавицам нежные лица господь,
Кудри черные и ароматную плоть.
Сам прельщает и сам мне смотреть запрещает, —
Пусть попробует сам и соблази побороть.

6.
May ichsam egilib qoladi tizzam,
O‘ylasam, gunohmas, sajda-ku bul ham.
Azaldan bilardi buni haq o‘zi,
Shakkoklik emasmi, agar ichmasam.

*

Пью я только с друзьями — имейте в виду,
Пить вино — так написано мне на роду.
Сам господь написал, и поэтому бросить
Не могу. Ибо этим его подведу.

7.
Deydilar kim qilsa toat-ibodat,
Qanday o‘lsa, shunday uyg‘onur albat.
Doimo mayu yor bilan birgamen,
Men shundoq tirilgum bo‘lsa qiyomat.

***

Нас пичкают одной и той же песней:
Кто праведно живет, тот праведным воскреснет.
А я всю жизнь с любимой и с вином, —
Таким ведь и воскресуть интересней.
1.3K views09:44
Ochish/sharhlash
2021-01-24 15:19:19 Охирги пайт ўзбек тилида чиқаётган аниқ фанлар бўйича китобларни тушунишга қийналяпман. Таржимонлар аниқ фанларда соф ўзбек тилини ишлатамиз деб, матнни тушунарсиз қилиб ташлашган. Ҳамма нарсани ўзбек тилига таржима қилиш шартми, деб сўрасам, кўпчилик буни тилимизга нисбатан ҳурматсизлик сифатида қабул қилади.

Тилга нисбатан ҳурмат ҳақида гап кетганда туркларни мисол қилишни ёқтирамиз. Турклар ростдан ҳам ўз она тилига ҳурмат билан қарайди. Шу сабабли илмий матнлар турк тилида қанақа таржима бўлиши ман учун қизиқ туюлди. Интернетдан турк тилидаги физикага оид мақолаларни қидирдим. Турклар илм фанда анча олдинлаб кетган бўлишига қарамасдан, турк тилида илмий мақола топиш осон иш эмас. Турк олимлари инглиз тилида мақола чоп этишади. Туркиядаги физика соҳасидаги энг нуфузли журнал - Turkish Journal of Physics ҳам инглиз тилида чиқади. Журнал архивини текшириб кўришингиз мумкин.

Шунга қарамасдан, иккита матн топдим. Сичқонча курсори турган жойдан ихтиёрий иккита гапни кўчириб олдим:

- Normalize edilmemiş 𝜓(𝑥,𝑡) dalga fonksiyonunu normalize edildikten sonra ψn(x,t) olarak adlandıralım.
- Büyük Patlamaʼnın problemlerine bir çözüm getirmek amacıyla kozmik enflasyon ile düzeltişmiş Büyük Patlama Kuramıʼnı öne sürmüşlerdir.
Кўриб турганингиздек, тахминан танланган бу иккита гапда ҳам, normilize, problem, fonksion, enflasyon каби асл турк тилига ёт бўлган сўзлар бор. Лекин бу сўзлар инглизча ҳам эмас. Балки инглиз тилидан турк тилига ўзгартирилган сўзлардир. Бу бугунги фаннинг сўзлари. Бу сўзларга турклар усмонийларнинг бирор луғатидан муқобил топиши мумкин эди. Лекин турклар тил бир неча аср аввалги ҳолатида қотиб қолмаслиги, балки бошқа тиллардан атамаларни ўзлаштириб орқали от ва феъл ясаши ҳам мумкинлигини яхши тушунишди.

Шу сабабли ўзбек тили ҳам фандаги атамаларни инглиз тилидан тўғридан-тўғри ўзлаштириши керак деб ҳисоблайман. Кўча тилида бемалол ўзлаштиряпмиз-ку маиший масалаларга тегишли сўзларни. Нега фанда бу ишни қила олмаймиз? Илмий матнларни таржима қилишда Алишер Навоий даврининг луғатига мурожаат қилиш тўғри эмас. Чунки, у даврда на квант механикаси, на электродинамика бўлган.
1.2K views12:19
Ochish/sharhlash
2021-01-23 13:23:17 ​​Biz o’zimizning Borliqdagi o’rnimizga ba’zida o’ta yuqori baho berib yuboramiz, keling biroz bizni kamtarroq bo’lishga undaydigan kosmik masshtabdagi o’rnimiz haqida mulohaza qilamiz.

Bizning mo’jazgina sayyoramiz o’zidan million marta kattaroq bo’lgan Quyoshning gravitatsion maydoniga tushib qolib orbitasida aylanib yurgan chang zarrasiga o’xshaydi. Shunga qaramasdan, Yer biz uchun butun bir dunyo, va uni qanchalik kattaligini oddiy odam aqliga ham sig’dira olmaydi.

Quyoshning o’zi esa 400 milliard yulduzdan tashkil topgan tasavvurimizga ham sig’maydigan darajadagi bahaybat galaktikada - yulduzlar dengizida suzib yurgan zarrachaga o’xshaydi.

Somon Yo’li galaktikamiz esa trillionlab, bir-biridan deyarli farq qilmaydigan galaktikalar orasida aslo ahamiyatga ega bo’lmagan bir nuqtaga o’xshaydi.

Bugungi kunda kosmologiyada tinimsiz olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida bizga ma’lum bo’lishicha bizning Borliq ham yagona emas, balki son-sanoqsiz borliqlardan biri xolos...
Bilaman, bunaqa masshtabli tushunchalar haqida o’ylaganda inson ongi xuddi 90-yillar kompyuteridek qotib qoladi. Lekin, nima ham qila olardik, biz Borliqning hech bir ahamiyatga ega bo’lmagan galaktikasining noma’lum bir chekkasida, boshqa milliardlab yulduzlardan deyarli farq qilmaydigan yulduz atrofidagi oddiy bir mittigina va suv bilan qoplangan toshloq sayyorachada yashab turgan, o’zini qayerdaligini va qanday qilib bu yerda paydo bo’lib qolganligini endigina rostakamiga anglashni boshlagan mavjudotlarmiz...

@ilmFanKoinot
1.2K views10:23
Ochish/sharhlash
2021-01-23 11:16:03 ​#Lirik_chekinish

Tokay machit deysan, namozu ro‘za,
Mayxonaga kirib mast bo‘lgil toza.
Xayyom, may ichaver, xoking necha bor
Gah kosa qilurlar, gah xumu ko‘za.

***

О постах и молитвах твердят простаки, —
Нам мечеть не нужна, нам милей кабаки.
Пей, Хайям, потому что наш прах после смерти
Станет глиной и скоро пойдет на горшки.

Umar Xayyom

@matematikadan_repetitor
1.2K views08:16
Ochish/sharhlash
2021-01-23 09:07:40
Ajoyib fizik hodisa.

P.S. Yigitlar sellofanga qarang))

@matematikadan_repetitor
1.7K views06:07
Ochish/sharhlash
2021-01-23 05:34:33 «Ҳаётни англаш ҳаётнинг ўзидан, бахт қонунларини англаш бахтнинг ўзидан олийроқ!»

Фёдор Достоевский
Кулгули одамнинг туши(ҳикоя)


@EpubKitoblar
1.1K views02:34
Ochish/sharhlash