Get Mystery Box with random crypto!

​​Biz o’zimizning Borliqdagi o’rnimizga ba’zida o’ta yuqori ba | Matematikadan repetitor

​​Biz o’zimizning Borliqdagi o’rnimizga ba’zida o’ta yuqori baho berib yuboramiz, keling biroz bizni kamtarroq bo’lishga undaydigan kosmik masshtabdagi o’rnimiz haqida mulohaza qilamiz.

Bizning mo’jazgina sayyoramiz o’zidan million marta kattaroq bo’lgan Quyoshning gravitatsion maydoniga tushib qolib orbitasida aylanib yurgan chang zarrasiga o’xshaydi. Shunga qaramasdan, Yer biz uchun butun bir dunyo, va uni qanchalik kattaligini oddiy odam aqliga ham sig’dira olmaydi.

Quyoshning o’zi esa 400 milliard yulduzdan tashkil topgan tasavvurimizga ham sig’maydigan darajadagi bahaybat galaktikada - yulduzlar dengizida suzib yurgan zarrachaga o’xshaydi.

Somon Yo’li galaktikamiz esa trillionlab, bir-biridan deyarli farq qilmaydigan galaktikalar orasida aslo ahamiyatga ega bo’lmagan bir nuqtaga o’xshaydi.

Bugungi kunda kosmologiyada tinimsiz olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida bizga ma’lum bo’lishicha bizning Borliq ham yagona emas, balki son-sanoqsiz borliqlardan biri xolos...
Bilaman, bunaqa masshtabli tushunchalar haqida o’ylaganda inson ongi xuddi 90-yillar kompyuteridek qotib qoladi. Lekin, nima ham qila olardik, biz Borliqning hech bir ahamiyatga ega bo’lmagan galaktikasining noma’lum bir chekkasida, boshqa milliardlab yulduzlardan deyarli farq qilmaydigan yulduz atrofidagi oddiy bir mittigina va suv bilan qoplangan toshloq sayyorachada yashab turgan, o’zini qayerdaligini va qanday qilib bu yerda paydo bo’lib qolganligini endigina rostakamiga anglashni boshlagan mavjudotlarmiz...

@ilmFanKoinot