Get Mystery Box with random crypto!

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Kanaldagi mavzular:
Treyleri
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57.32K
Kanalning ta’rifi

👉 https://myurls.co/inspector_uz
👉 @jinoyatkodeksi_uz
👉 @jpk_uz
👉 @mjtk_uz
Боғланиш @inspector_aloqa_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 72

2022-01-07 07:00:10
САВОЛ:
ШУНДАЙ АЗОН БОР НАМОЗИ ЙЎҚ?
ШУНДАЙ НАМОЗ БОР АЗОНИ ЙЎҚ?
17.4K viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2022-01-06 20:03:20
EFFECT.UZ ЖАМОАСИ МУҲБИРЛАРИ ЙПХ ХОДИМЛАРИНИНГ ЁМҒИР ОСТИДАГИ ФАОЛИЯТИ ҲАҚИДА ҚИСҚА ИНТЕРВЮ ТАЙЁРЛАБДИ.

ИСНПЕКТОРГА ОЙЛИК МАОШИ ҲАҚИДА САВОЛ БЕРГАН... ЖАВОБ ВИДЕОДА
9.4K views17:03
Ochish/sharhlash
2022-01-06 18:36:33
#Тузоқсериалпарча

“Тузоқ” ўзбек миллий сериали 10-қисм

Сериал “Sevimli” телеканали, Кинематография агентлиги, “Panorama Fox” кино студияси ҳамда Ички ишлар вазирлиги ҳамкорлигида тасвирга олинган
12.4K views15:36
Ochish/sharhlash
2022-01-06 15:34:23 ​​Qo‘shin harbiy xizmatchilari nafaqat harbiy tuzilmalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovlar, sport bellashuvlarida, balki xalqaro musobaqalarda ham muvaffaqiyatga erishmoqda. Xususan, o‘tgan yili o‘tkazilgan jahon va Osiyo chempionatlarida qo‘l jangi hamda karate yo‘nalishlarida ishtirok etgan sportchi harbiylarimiz – kapitan Jamol Amonov, kichik serjant Munisa Ahmedova, od¬diy askarlar Bobur Rahmatov, Sanjar Bahromov, Zikrillo Mamatqulov va Baxtiyor O‘tkirov yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi.

O‘tgan yilning sentabr oyida Toshkent shahridagi IIV «Jar» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida sportning jet kun-do turi bo‘yicha Respublika ochiq kubogi musobaqasida Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlariga qarashli 7251-sonli harbiy qism muddatli harbiy xizmatchisi, oddiy askar Islomjon Murodboev 70 kg vazn toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Avgust oyida Buxoro shahrida «Usmonov kombat sistems» sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda mazkur harbiy qismning biryo‘la uch nafar harbiy xizmatchisi – oddiy askar A. Muydinov 1-o‘rinni, kichik serjant M. Ergashev 2-o‘rinni va oddiy askar D. Rajabov 3-o‘rinni egalladi.

Bularning barchasi, albatta, Milliy armiyamizga ko‘rsatilayotgan e’tibor, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan aniq maqsadli va istiqbolli islohotlarning natijasidir. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar harbiy xizmatchilarmizda Vatan taqdiriga daxl¬dorlik tuyg‘usining tobora kuchayishida asosiy omil bo‘lmoqda.
15.3K views12:34
Ochish/sharhlash
2022-01-06 15:32:58 Hozirgi kunda mudofaa tizimidagi boshqa harbiy tuzilmalar qatori IIV tasarrufidagi qo‘shinlar harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish, ularni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Harbiy xizmatchilar uy-joy bilan ta’minlanmoqda. Ularning farzandlariga kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berilyapti. Xususan, o‘tgan yili mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar xizmat va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining 64 nafar farzandiga ana shunday tavsiyanomalar taqdim etildi.

Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilariga ko‘rsatilayotgan e’tibor ham bundan kam emas. O‘tgan yilning o‘zida tuzilma harbiy xizmatchilari 153 та хizmat, 669 ta yangi, zamonaviy xonadonga ko‘chib o‘tdi. 157 nafar harbiy xizmatchining farzandlari oliy o‘quv yurtiga kirish uchun 5 foizli kvota asosida tavsiya¬nomalar bilan ta’minlandi.

Qurolli Kuchlar tashkil topgan vaqtdan buyon IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash va Qorovul qo‘shinlarida xizmat qilayotgan ko‘plab harbiylar xizmati davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etib kelinmoqda. O‘tgan 30 yil davomida fidoyi xizmati, ko‘rsatgan jasorati evaziga yuzlab harbiy xizmatchilar davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi, vazirlikning «A’lo xizmatlari uchun», I, II va III darajali «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun» ko‘krak nishonlari va boshsa mukofotlar bilan rag‘batlantirildi.

Tarixga aylangan 2021-yil Qorovul qo‘shinlarida ham unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Jangovar xizmat faoliyatini tashkil etishda, jismoniy tayyorgarlik, ma’naviy va ma’rifiy ishlar, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, qolaversa, moddiy va texnik ta’minot sohalarda katta natijalar qo‘lga kiritildi.
Qo‘shinni zamonaviy harbiy texnikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu ma’noda, Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari 17 ta eng so‘nggi rusumdagi BTR harbiy texnikasini qabul qilib olgan bo‘lsa, Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bir nechta «Qal¬qon» rusumli yengil zirhlangan texnikalarga ega bo‘ldi.

Jismoniy va jangovar tayyorgarligi haminqadar harbiy xizmatchi oxir-oqibat pand berishi muqarrar. Shuning uchun harbiy xizmatchilarimizning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini yaxshilashga, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, turli o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish doimiy diqqat markazimizda. Harbiylar va ularning oilalari ishtirokida turli sport musobaqalarini o‘tkazish an’ana tusini olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari o‘rtasida sportning qo‘l jangi turini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilyapti. Xususan, o‘tgan yili mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan IIV «Jar» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
13.6K views12:32
Ochish/sharhlash
2022-01-06 15:32:58 2022 yil 1-mavzu

XALQ VA ARMIYA – BIR TANU BIR JONDIR!

Bahodir MIRZARAXIMOV,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti boshlig‘i, general-mayor.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tarix sahnida o‘ttiz yil unchalik ko‘p vaqtni anglatmas, balki, lekin uning ortida og‘ir va sinovli yillarda bir davlatning o‘z milliy armiyasi tashkil topishi, takomillashuvi va yurt sarhadlarini ishonchli himoya qilayotgan qudratli Qurolli Kuchlariga aylanishidek vaqt mujassam.

So‘nggi yillarda barcha jabhalarda bo‘lgani kabi, harbiy sohada ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshi¬rilmoqda. Armiyani ixcham, zamonaviy qurol-aslahalarga ega professional qo‘shinlarga aylantirish borasidagi sa’y-harakatlar o‘z samarasini berib, O‘zbekiston mudofaa tizimi xalqaro miqyosda yetakchilar qatoridan joy olmoqda. Xususan, «Globalfirepower» tuzgan yangi rey¬tingga ko‘ra, dunyoning eng kuchli armiyalari qatorida O‘zbekiston 51-o‘rinni egallab, 2020-yilgi natijasini bir pog‘ona yaxshilashga erishgan, Markaziy Osiyoda esa eng kuchli deb e’tirof etilgan. O‘zbekiston harbiylari erishayotgan yutuqlar ham maqtansa arzigulik. «ArMI-2021»: VII xalqaro armiya o‘yinlarida vakillarimiz 2-o‘rinni egalladi. Musobaqa davomida O‘zbekiston harbiylari 10 ta rekord natijani qayd etishdi.

Bularning hammasi Milliy armiyamizga bo‘lgan e’tibor, uni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hosilasidir.

Ilgari armiya alohida, xalq alohida bir dunyo edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev «Xalq bilan armiya – bir tanu bir jon!» degan muhim g‘oyani ilgari surdi va vaziyat tubdan o‘zgardi. Harbiy qismlar eshiklari xalq uchun, bo‘lajak Vatan posbonlari – yoshlar uchun ochildi. Istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, vatanparvar harbiy kadrlarning yangi avlodini yetishtirish bosh maqsad etib belgilandi. Askar va ofitserlarning zamonaviy bilim olishi, harbiy texnika va texnologiyalarni mukammal egallashiga katta e’tibor qaratildi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Armiya faqat qurol va aslaha bilan kuchli hisoblanmaydi, balki ona Vatan uchun jonini ayamaydigan harbiylar – askar va ofitserlar, generallar bilan qudratlidir. Sohibqiron Amir Temur «Askarlari botir el qudratli bo‘lur», deganida aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan bo‘lsa, ajab emas.

Bugun mamlakatimizning yangi Mudofaa doktrinasi asosida Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy qurol-yarog‘ va texnikalar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy va intellektual tayyorgarligini yuksaltirish bo‘yicha ijobiy ishlar qilinmoqda. Harbiy qism va bo‘linmalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamonaviy poligonlarda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Harbiylarni ijtimoiy himoya qilish, ularni uy-joy bilan ta’minlash, oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun munosib shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Mamlakat mudofaasini tashkil qilishda Qurolli Kuchlarimizning ajralmas qismi hisoblangan Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi harbiy tuzilmalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, nisbatan katta shaxsiy tarkibga ega, mamlakatdagi muhim ob’ekt¬lar xavfsizligi ishonib topshirilgan Qorovul hamda Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari ana shunday harbiy tuzilmalar sirasidandir.
Mazkur tuzilmalarda so‘nggi yillarda ko‘plab islohotlar o‘tkazildi. Harbiy tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish, shaxsiy tarkibni etuk salohiyatli kadrlar bilan jamlash maqsadida Qurolli Kuchlar Akademiyasida Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarini tayyorlash kafedrasi tashkil etildi. Hozirda bu erda tahsil olayotgan bo‘lajak ofitserlar qo‘shinlar uchun malakali mutaxassislar bo‘lib yetishadi.
Ayni paytda Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari respublikamizning barcha xalqaro aeroportlarida jamoat tartibini saqlab, xavfsiz¬likni ta’minlab, fuqarolarning huquq va erkinliklarini turli qo‘paruvchilik xatarlari, jinoiy hamda boshqa noqonuniy tajovuzlardan himoya qilib kelmoqda.
15.6K viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2022-01-06 15:01:21
“AYOL” qattiq tartibdagi nozik xilqatlar...

Madina Ergasheva:
Jahon, Osiyo va Oʻzbekiston chempioni, kichik serjant

Toshkent viloyati IIBB xodimasi
14.4K views12:01
Ochish/sharhlash
2022-01-05 20:52:25
#Тузоқсериалпарча

“Тузоқ” ўзбек миллий сериали 9-қисм

Сериал “Sevimli” телеканали, Кинематография агентлиги, “Panorama Fox” кино студияси ҳамда Ички ишлар вазирлиги ҳамкорлигида тасвирга олинган
8.3K views17:52
Ochish/sharhlash
2022-01-02 07:26:02
Ichki ishlar organlari xodimlariga o‘qish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar
15.6K views04:26
Ochish/sharhlash
2022-01-01 22:22:09
полковник
Орынбаев Аманбай Тлеубаевич


ИИВ Пробация хизмати бошлиғи лавозимига тайинланди.

Тайинловга қадар А.Орынбаев ИИВ Жамоат тартибини сақлаш хизмати бошлиғининг 1-ўринбосари лавозимида фаолият юритган.

Telegram | YouTube | instagram | facebook | TikTok да кузатинг
5.2K views19:22
Ochish/sharhlash