Get Mystery Box with random crypto!

​​Qo‘shin harbiy xizmatchilari nafaqat harbiy tuzilmalar o‘rta | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

​​Qo‘shin harbiy xizmatchilari nafaqat harbiy tuzilmalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovlar, sport bellashuvlarida, balki xalqaro musobaqalarda ham muvaffaqiyatga erishmoqda. Xususan, o‘tgan yili o‘tkazilgan jahon va Osiyo chempionatlarida qo‘l jangi hamda karate yo‘nalishlarida ishtirok etgan sportchi harbiylarimiz – kapitan Jamol Amonov, kichik serjant Munisa Ahmedova, od¬diy askarlar Bobur Rahmatov, Sanjar Bahromov, Zikrillo Mamatqulov va Baxtiyor O‘tkirov yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi.

O‘tgan yilning sentabr oyida Toshkent shahridagi IIV «Jar» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida sportning jet kun-do turi bo‘yicha Respublika ochiq kubogi musobaqasida Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlariga qarashli 7251-sonli harbiy qism muddatli harbiy xizmatchisi, oddiy askar Islomjon Murodboev 70 kg vazn toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Avgust oyida Buxoro shahrida «Usmonov kombat sistems» sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda mazkur harbiy qismning biryo‘la uch nafar harbiy xizmatchisi – oddiy askar A. Muydinov 1-o‘rinni, kichik serjant M. Ergashev 2-o‘rinni va oddiy askar D. Rajabov 3-o‘rinni egalladi.

Bularning barchasi, albatta, Milliy armiyamizga ko‘rsatilayotgan e’tibor, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan aniq maqsadli va istiqbolli islohotlarning natijasidir. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar harbiy xizmatchilarmizda Vatan taqdiriga daxl¬dorlik tuyg‘usining tobora kuchayishida asosiy omil bo‘lmoqda.