Get Mystery Box with random crypto!

Hozirgi kunda mudofaa tizimidagi boshqa harbiy tuzilmalar qato | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Hozirgi kunda mudofaa tizimidagi boshqa harbiy tuzilmalar qatori IIV tasarrufidagi qo‘shinlar harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish, ularni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Harbiy xizmatchilar uy-joy bilan ta’minlanmoqda. Ularning farzandlariga kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berilyapti. Xususan, o‘tgan yili mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar xizmat va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining 64 nafar farzandiga ana shunday tavsiyanomalar taqdim etildi.

Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilariga ko‘rsatilayotgan e’tibor ham bundan kam emas. O‘tgan yilning o‘zida tuzilma harbiy xizmatchilari 153 та хizmat, 669 ta yangi, zamonaviy xonadonga ko‘chib o‘tdi. 157 nafar harbiy xizmatchining farzandlari oliy o‘quv yurtiga kirish uchun 5 foizli kvota asosida tavsiya¬nomalar bilan ta’minlandi.

Qurolli Kuchlar tashkil topgan vaqtdan buyon IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash va Qorovul qo‘shinlarida xizmat qilayotgan ko‘plab harbiylar xizmati davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etib kelinmoqda. O‘tgan 30 yil davomida fidoyi xizmati, ko‘rsatgan jasorati evaziga yuzlab harbiy xizmatchilar davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi, vazirlikning «A’lo xizmatlari uchun», I, II va III darajali «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun» ko‘krak nishonlari va boshsa mukofotlar bilan rag‘batlantirildi.

Tarixga aylangan 2021-yil Qorovul qo‘shinlarida ham unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Jangovar xizmat faoliyatini tashkil etishda, jismoniy tayyorgarlik, ma’naviy va ma’rifiy ishlar, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, qolaversa, moddiy va texnik ta’minot sohalarda katta natijalar qo‘lga kiritildi.
Qo‘shinni zamonaviy harbiy texnikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu ma’noda, Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari 17 ta eng so‘nggi rusumdagi BTR harbiy texnikasini qabul qilib olgan bo‘lsa, Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bir nechta «Qal¬qon» rusumli yengil zirhlangan texnikalarga ega bo‘ldi.

Jismoniy va jangovar tayyorgarligi haminqadar harbiy xizmatchi oxir-oqibat pand berishi muqarrar. Shuning uchun harbiy xizmatchilarimizning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini yaxshilashga, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, turli o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish doimiy diqqat markazimizda. Harbiylar va ularning oilalari ishtirokida turli sport musobaqalarini o‘tkazish an’ana tusini olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari o‘rtasida sportning qo‘l jangi turini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilyapti. Xususan, o‘tgan yili mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan IIV «Jar» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi musobaqasi o‘tkazildi.