Get Mystery Box with random crypto!

QAYSI DAVLATDA O‘QITUVCHILARGA ENG KO‘P MAOSH TO‘LANADI? O‘qi | Maktab | Rasmiy kanal

QAYSI DAVLATDA O‘QITUVCHILARGA ENG KO‘P MAOSH TO‘LANADI?

O‘qituvchilik juda mas’uliyatli va sharafli kasb bo‘lib, rivojlangan davlatlarda eng yuqori haq to‘lanadigan mutaxassisliklardan biri hisoblanadi. Ularning davlat rivoji va taraqqiyoti uchun qo‘shayotgan hissasi munosib qadrlanadi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tahlillari bo‘yicha, o‘qituvchilar eng ko‘p maosh oladigan davlatlar reytingi quyidagicha (kamida 15 yillik ish tajribasiga ega boshlang‘ich maktab o‘qituvchisining YILLIK o‘rtacha ish haqi):

1. Lyuksemburg –101 360 dollar;
2. Germaniya – 80 407 dollar;
3. Kanada – 71 664 dollar;
4. Niderlandiya –71 024 dollar;
5. Avstraliya – 65 658 dollar;
6. Irlandiya – 62 313 dollar;
7. AQSH – 62 102 dollar;
8. Daniya – 60 185 dollar;
9. Koreya Respublikasi – 59 103 dollar;
10. Avstriya – 55 142 dollar;
11. Yangi Zelandiya – 53 247 dollar;
12. Norvegiya – 51 352 dollar;
13. Ispaniya – 49 898 dollar;
14. Yaponiya – 49 498 dollar;
15. SHvetsiya – 47 664 dollar;
16. Sloveniya – 45 857 dollar;
17. Portugaliya – 44 802 dollar;
18. Finlandiya – 44,180 dollar;
19. Islandiya – 42 024 dollar;
20. Kolumbiya – 39 961 dollar.

Shuningdek, ta’lim tizimidagi ba’zi farqlar sabab Shveytsariya reytingga kiritilmagan bo‘lsa-da, u yerda ham o‘qituvchilar oyligi juda yuqori bo‘lib, ular yiliga o‘rtacha 94 500 dollar daromad topishadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya umumta’lim maktablarida ishlaydigan o‘qituvchilarning o‘rtacha ish haqi oyiga 778 dollarni tashkil qiladi. Qo‘shni Qozog‘istonda esa o‘qituvchilar ish tajribasi va malakasiga qarab o‘rtacha 499,5 dollardan 874,8 dollargacha maosh olishadi.
Ko’plab davlatlarda o‘qituvchilarning ish haqi quyidagi omillarga bog‘liq:
• o‘qituvchining malakasi va tajribasi;
• dars soatlari miqdori;
• ta’lim muassasasining turi;
• maktabning reytingi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa