Get Mystery Box with random crypto!

O‘QITUVCHIGA MAKTAB HUDUDIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI (buni b | Maktab | Rasmiy kanal

O‘QITUVCHIGA MAKTAB HUDUDIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI

(buni barcha o‘qituvchilar bilib olishi kerak)

- jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik ko‘rsatish;
- o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;
- “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirish;
- ta’lim muassasasiga va dars mashg‘ulotlariga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, soch-soqolni tartibga keltirmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish;
- ta’lim muassasasi hududi va binosida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;

- muassasa hududi va binosida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi bo‘lmagan turli xil tadbirlar (tug‘ilgan kun, yubiley, iftorlik va boshqa tadbirlar bilan bog‘liq bayramona dasturxonlar)ni tashkil etish;
- ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlari dars mashg‘ulotlari vaqtida o‘tkazilishi taqiqlanadi.

- o‘quvchilarni jazolash maqsadida ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
- ichki tartib va kiyinish madaniyatiga rioya qilmaydigan o‘quvchilarni sinfdoshlar yoki muassasa jamoasi oldida muhokama qilmaslik;
- o‘quvchilar tomonidan uyga vazifani bajarmay kelgan o‘quvchini ommaviy izza qilish holatlarini uyushtirmaslik;
- chet elga noqonuniy ravishda chiqib ketgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muassasa rahbariyatidan yashirmaslik;
- o‘quvchining ota-onasi yoki qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik;

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘i “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” to‘g‘risidagi nizomning ayrim bandlaridan olindi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa