Get Mystery Box with random crypto!

Mahin's World

Telegram kanalining logotibi mahinsworld — Mahin's World M
Telegram kanalining logotibi mahinsworld — Mahin's World
Kanal manzili: @mahinsworld
Toifalar: Adabiyot , Ish
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.67K
Kanalning ta’rifi

PhD student (Academy of Sciences) Specialization: International Relations and Politics
Contact: @mahins_world
YouTube blog https://www.youtube.com/channel/UCLR6VeCivHaoF_RBcfVAwGg

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-16 21:45:16 O da ozluyormus benim birtanem
Cok usuyormus ben olmayinca
Oyle yaziyor son mektubunda

@mahinsworld
3.5K views18:45
Ochish/sharhlash
2022-08-14 17:43:19 ​​#book_review

"Zulayho ko’zini ochyapti" Guzel Yaxina qalamiga mansub bo'lib, 2015-yilda birinchi bor nashr etilgan.

Kitob bo'limlarga, bo'limlar esa bo'limchalarga bo'lingan. Birinchi satrlardayoq ko'zingiz tushadigani "Зулейха открывает глаза"... Bilasiz spoiler ( voqealarni oldindan aytish)ni yoqtirmayman. Sababi o'zim voqealar bayon etilgan "taqriz"larga toqat qila olmayman. Baribir ozgina aytgim keldi.

Asar o’zida bir nechita dolzarb mavzularni jamlagan: surgun, ilmdagi adolatsizlik, o’g’il farzand, yolg’izlik. Boshida bu mavzular bizga o’xshagan davlatlar uchun dolzarb deb o’ylagan edim. Endi qarasam esa bularning bari SSSR “tuhfasi” ekab. Aybsizlarning repressiyaga uchrashi, zamindorlarning yerlari shunchaki sababsiz olib qo’yilishi va egasini surgun qilish, ilmdagi adolatsizlik (afsus bu illat bizda hanuz o’z dolzarbligini yo’qotmagan).

Asar bir qaraganingizda xuddi bizning davlatda yozilganga o’xshaydi. Qadriyatlarimiz bir-biriga yaqin bo’lganigadir balki.

Zulayho ko'zlarini ochadi... Ko'zlari ko'r, qahrli bashoratlar aylaydigan qaynonasining ovozini eshitadi.
Zulayho ko'zlarini ochadi... Qo'rs, ayol qalbini bilishdan mosuvo eridan kaltak yeydi...
Zulayho ko'zlarini ochadi... SSSR davrida ro'y bergan, zamindorlarni Sibirga surgun bo'lishiga sherik bo'ladi.
Zulayho ko'zlarini ochadi... Zulayho... Eh Zulayhooo...

Eng nafratlanadiganim bir insonni ikki inson ustidan hukmronlik qilishi. ....
Ilmiy ish yoqlagan surgundagi agronom
Rassom
Professor
Doktor
Fransuz tilini suv qilib ichgan olima...

Bularni barini Zulayho birlashtiradi.
4 qizidan ayrilgan Zulayho.
Qizlari yodi-la yashaydigan Zulayho.
Sodda, beg'ubor Zulayho.
Hayoti Olloh, gunoh, savobdan iborat Zulayho.
Oiladan boshqa qadrlaydigani yo'q Zulayho.
Siynasiga sut kelmay ( ochligidan), farzandi chirqirab yig'laganida barmog'ini tilib, qonini ichirishga majbur bo'lgan Zulayho.
O'zbek ayoli timsoli, shunday emasmi?
Farzandini chaqirishi ham o'xshaydi "Ulim"...

P.S spoyler deyarli yo’q. Zulayhoni farzandlarini yo’qotgan joylari kitob boshida keltirilgan. Ismlarning berilishi esa spoylerga kirmaydi. Yoqimli mutolaa.
P.S.S kitobni 2020-yilda o’qiganman. Eski reviewimga 2 abzas qo’shdim.

@mahinsworld
4.0K views14:43
Ochish/sharhlash
2021-02-13 14:42:54 To’g’ri yo’ldamikanman

Qarorlar, fikrlar, o’y va xayollar inson miyasini kemiradi. Qo’yilgan stereotiplar, ichki qasamlar shu darajada odam tan jonini qisadi-ki, behos 72 tomirida oqayotgan qon junbushga keladi.

To’g’ri qaror qabul qilyapmanmi
Ertaga nima bo’ladi? Men nima qilyapman? Ikkilanish qanchalar qiyin vaziyat a?

Soching tolalariga tushgan oq sonlari istamay ko’paymoqda. O’ylar zo’r kela boshlaganidan sen o’zing sevgan qora labirintinga qaytding. Bori bir necha soniya edi. Ammo, bir necha asrga teng voqea sodir bo’lishga ulgurdi.

Nima qilish kerak
Qaroring kimga qiziq? O’ylaysan-ki bari abadiy deb. Yo’q, bari sarob va bari yolg’on. Aytilgan so’zlar-chi? So’zlar endi nima bo’ladi? Tuyilgan hislarni qaysi jarlikka uloqtirmoqqa urinyapsan?

Suiqasd?
Yana shu haqda xayolga keldingmi? Heh, qo’lingdan kelmaydigan ish! Ayt-chi bu sanoqning qaysi soni sen azobda qolgan kun? Adashyapsan hatto.

Hali ham hech emas
Sen ayb ish qilmading, bor yo’g’i baxtli bo’lishni istading

@mahinsworld
1.3K views11:42
Ochish/sharhlash
2021-02-13 07:32:32 ​​#new_book

Xullas, bu safar qiziq kitoblar oldim ( iye doim qiziq kitob olaman-ku).

Fevral oyini to’liq badiiy kitoblarga bag’ishlaganman. Qishning oxirgi oyi qiziqarli voqealar, qahramonlar bilan o’tishini istadim. Vaaaaaa rasmdagi ikki kitobni o’zimga zakaz qildim.

Ikkisi ham juda qiziq va zo’r kitoblar. Hoziroq qo’lga olib o’qigim kelyapti-yu, biroq bu yerda Dostoyevskiy “hey qizim, Karamazovlashyapmiz-ku”, deyaptilar. Mayli Karamazovlashishni davom etamiz .

@mahinsworld
1.4K views04:32
Ochish/sharhlash
2021-02-12 18:31:38 ​​@bookowski_uz uchun buyurtma qilingan kitoblar keldi. Shulardan ikkitasi meniki.

Qiziq, qaysilar? Shunchaki qiziq, topa olarmikinsizlar

@mahinsworld
1.6K views15:31
Ochish/sharhlash
2021-02-12 13:01:13 ​​Kitob va uning seriyalari

Kitob do’konlarini aylana turib bizda pichoqqa ilinarli kitob seriyalari ya’ni chiroyli muqovada (soft touch masalan) yo’q ekanini sezib qoldim. Chetda, aynisa Rossiyada kitoblar shunday bir did va e’tibor bilan seriyada chiqadi-ki, ularga qarab turib ham kitob sotib olib, javonga terishni istaydi bu g’arib ko’ngil.

Kitob seriyalari – bu kitoblarni ma’lum bir seriya ostida chiqishi: klasikka, jahon shedevrlari, premium, big book, triller, short list va boshqa nomlardagini uchratganman. Kitob sotib olishda bir telba kabi seriyalar ostida sotib olib yig’ishni yaxshi ko’raman.

Shaxsan o’zim endilikda Penguin classics, Oxford classics kitoblarini yig’ishni boshladim.

Ruscha kitoblardan esa, Big book, Azbuka klassika, Azbuka premium kitoblari seriyalarini yaxshi ko’raman va imkon qadar yig’aman.

Bizda Yangi asr avlodida seriyada chiqishini ko’rdim. O’zim ham ma’lum miqdorda yig’dim. Masalan, Oybek asarlari, Jahon durdonalari (Urush va Tinchlik, Jinoyat va Jazo, If qal’asi, Yolg’izlikning yuz yili va boshqalar).

Bundan tashqari avvalari adashmasam Sharq nashriyotida ham seriyalar bor edi. Muhabbatnoma, Uch og’ayni, Kafka, Baxtiqaro Kerri asarlarimning usti bir xil yashil va dizaynda.

Istardimki, kitoblar ko’p miqdorda (adadi emas xili) turli seriya nomlari ostida chiqsa va biz kabi g’ar ko’ngillarning javoni (shkafimni Javon deb bo’lsa albatta)ga ko’rk bersa qaniydi, shunday emasmi?

Balki bizda ham yuqori sifatda turli seriyalar ham bor men bilmasman?
Sizda qanday kitob seriyalari bir? Seriyalarga qiziqasizmi?

@mahinsworld
1.8K viewsedited  10:01
Ochish/sharhlash
2021-02-11 10:56:36 #book_review

Yulian Semyonov qalamiga mansub "Bahorning o'n yetti lahzasi" asariga yozgan qisqa reviewim.

@mahinsworld
https://telegra.ph/Bahorning-on-yetti-lahzasi-03-27
2.0K viewsedited  07:56
Ochish/sharhlash
2021-02-10 18:42:00 Yuqoridagi postga ajoyib izohlar keltirishdi. Biroq, ayni yozilgan ma’nisini tushunishmadi. Ayb menda! Tushuntira olmadim.

Shunday izohlar bo’ldi-ki hatto qo’yni ham misol qilishdi .

Demoqchi edimki, biz qaysidir payt qaysidir kitobni tanlab o’qisak demakki o’sha kitob bizga kerak bo’lgan. Ayni shu “yomon” kitoblar tufayli biz yaxshisini ajrata olamiz. Bejizga “yaxshini yomondan o’rgan” deyishmagan.

Bundan kelib chiqadi-ki ayni yomonlar bizni xayrli yo’lga, nur taraluvchi kitoblar tomon yetaklaydi. Yomon kitobni yomonligini bilish va yomon deyish uchun qanchadir miqdorda bo’lsa-da mutolaa qilish kerak. Ko’rib turganingizdek biz barallasiga yomon deydigan kitoblar bor ekan, biz yaxshisini qadrlaymiz.

Mutolamiz xayrli bo’lsin. Yoqimli mutolaa, Mahin

@mahinsworld
2.2K views15:42
Ochish/sharhlash
2021-02-10 07:36:16 Kitoblarni yomoni yo’q

5-6 yillar avval “anavi kitob yomon, bunisi yaxshi”, deb yurardim. Yaqin yaqingacha ham bu fikrim o’z kuchini yo’qotmadi. Safarlining kitoblari-yu Koelyoning “Alximik” asari bir tiyinga qimmat deydigan kitobxonlar hozir ham talaygina.
Ilmiy aqlli kitoblar o’qib o’zini qanchadir qavat yuqorida deb hisoblaydiganlar ham topiladi. Shunday ekan, mutoaa o’zi nima? Kitoblarning yaxshi-yu yomoni bor ekanmi?

Mutolaa avvalambor inson qalbi, ma’naviy dunyosi uchun o’qiladi. Ilmiy va badiiy kitob boshqa-boshqa olam. Ilmiy kitobga mukkasidan ketganlarni badiiy asarlar oshuftasidan ustun qo’yish kerak emas. Sababi, ikkisi ham o’z kitoblaridan ma’naviy ozuqa oladi. Yoki o’ta “aqlli” ilmiy kitoblar o’qigani sababli Safarli o’qiydigan odamdan ustun bo’la olmaydi.

Kitob – bu insonning shaxsiy tanlovi. Shaxsiy tanlovni faqatgina hurmat qilishimiz kerak.
Kitoblarning yaxshi va yomoni yo’q. Ayni holatimizga mos va mos emasi bor, xolos. Bugun qalbimiz faqat ilmiy kitoblarni so’rasa ertaga Safarli yoki bir-ikki marta o’qiladigan romance istaydi. Bu uchun o’zimizni ayblashimiz kerak emas.

O’zimdan bir misol, “Shantaram” asari. Shu kitobni bundan 6 yil avval rosa izlab Moskvadan olib keltirgan edim. O’qigunimcha “kompot” bo’lganman. Ancha vaqt asar voqeliklaridan chiqa olmadim, hatto Instagramdagi shaxsiy sahifamga ham rasmini joylab qo’ydim. Biroq, nima bo’ldi-yu oxirgi 2 uyil mobaynida kitobni ko’rarga ko’z bo’lmay qoldi. Sababsiz. Shunchaki. Shantaram deyishsa “pffff kitob emas u” derdim. Endi o’ylanyapman kitobni o’qiganimda va undan keyin juda yoqqan edi-ku. Demak, o’sha holatimga juda mos kelgan ayni xarobalar tasvirlari-yu, insonlarning o’z najaslarini yeyishlari. O’ta ochiq, o’ta jirkanch tasvirlar. Yozyaman-u hozir kitob yana yoqib boshlayapti.

Xulosa qiladigan bo’lsa, kitobni yomoni yo’q. Sizga hozir ana shu yerda yoqdimi, lahzalardan foydalaning va kitobning sehrli olamiga g’arq bo’ling. Men esa yoqdi va yoqmadi deb review yozishda davom etaman.

Sizda ham shunday holatlar bo’lganmi, qaysidir kitob yoqqan, yoqmagan va yana yoqqan?

@mahinsworld
2.6K views04:36
Ochish/sharhlash
2021-02-08 07:50:34 ​​#new_book

Kitobni olganimga qariyb 10 kun bo’ldi. Doim yangi kitoblarimni maqtanardim-u, biroq shunisi yoddan ko’tarilibdi.

Xabaringiz bor PhD mutaxassisligim Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat. Bilim, teoriya ya’ni nazariya juda muhim. Soha men uchun yangidek gap.

Aritotel, Plato kitoblari bilan bir qatorda rasmdagi kitob - Henry Kissingerni “Diplomacy”ni ham buyurtma berdim. Akademiyaga olib keldim. Sekin o’qishni boshladim.

Uyda esa hozirda Dostoyevsiyning “Aka-uka Karamazovlar” kitobi mutolada. Kitob shedevr.

@mahinsworld
3.1K views04:50
Ochish/sharhlash