Get Mystery Box with random crypto!

Mahin's World

Telegram kanalining logotibi mahinsworld — Mahin's World M
Telegram kanalining logotibi mahinsworld — Mahin's World
Kanal manzili: @mahinsworld
Toifalar: Adabiyot , Ish
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.67K
Kanalning ta’rifi

PhD student (Academy of Sciences) Specialization: International Relations and Politics
Contact: @mahins_world
YouTube blog https://www.youtube.com/channel/UCLR6VeCivHaoF_RBcfVAwGg

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-02-05 10:50:35 ​​#new_book

Dostoyevskiy sevgan yozuvchilarimdan. O’tgan yili huddi shu payt “Aka-uka Karamazovlar”ni rus tilida sotib olgandim. O’zbekasi Jahon adabiyoti jurnalida seriya qilib chop etilayotgandi.

Xullas, tarjima shedevrligiga ishonaman. Chunki yozuvchi va tarjimon tarjimasi va tajribasida mutanosibliklar talaygina. O’qiymiz.
Ze best of ze best

Oling. Birgalikda o’qiylik
@mahinsworld
5.1K views07:50
Ochish/sharhlash
2021-02-05 06:55:00 ​​Sport yaxshi narsa. Ayniqsa tongdan boshlangani...

Axiyri o’zim sevgan sport kompleksga keldim. Roppa rosa bir yil deganda . Proud of me.

Sport bilan shug’ullanasizmi? Qaysi turi bilan?

@mahinsworld
4.6K views03:55
Ochish/sharhlash
2021-02-04 18:38:14 ​​#book_review

Tillanisoni avvaldan taniyman. Yozgan she’rlarini o’qib odam o’ziga kelolmaydi. Dard, qorong’ulik, qandaydir mening ichimdagi tushunarsiz his Tillaniso qalamida mavjud. Yozganlarini o’qisam boshqa bir holga tushib qolaman.

Sunbula” kitobiga anchadan beri muqovasi ustida ishlashayotganidan xabarim bor edi. Facebookda kitob nashrdan chiqqanini o’qib qoldim. Ertasigayoq kitob magazin tomon yo’l oldim. Ajabo, kitob muqovasi ikki rangda chiqqan: havorang va pushti. Ana tanlov qiyin bo’lganini bilaveringda. Qiz bolaligim g’alaba qozondi. Pushtisini tanladim.

Qissaga kelamiz - “Sunbula”. Tahlil qilmayman. Ishlatilgan so’zlarga oshiq bo’ldim. So’z gadosi sifatida ayta olaman, so’zlar juda chiroyli tanlangan. Ayni menga yoqadigan stil - mrachnost (o’zbekchada bilmayman), dard, azob barchasi bor. “Ichida yong’in yonayotgan odamga ko’ngil to’lishi muhimmas. U ko’ngilni bemalol bir chetga surib qo’ya oladi”.

“Qolaversa, har bir odam hayotida boshqalarga aytib berishga loyiq, boshqalarning havasini keltiradigan yo hayratini oshiradigan bir hikoyasi bo’lishini istaydi, shu hikoyasini so’zlar ekan, sevgilisiga bidirlab eng arzimas narsalarni ham to’lqinlanib gapirayotgan, qalb sirlarini ochayotgan mahbubaday dilkash va gapdon bo’lib qoladi”.

Tavsiya qilaman. Ajoyib yozilgan, afsuslanmaysiz.

@mahinsworld
4.5K views15:38
Ochish/sharhlash
2021-02-03 20:54:57 ​​The best feeling is...

Men o’qiyotgan yoki tavsiya qilayotgan kitoblarni o’qishingiz. So sweet .

Qaysilarni o’qigansiz?
@mahinsworld
3.5K views17:54
Ochish/sharhlash
2021-02-03 12:43:18 Haemin Sunimning "Love for imperfect things" kitobini adashmasam noyabr oyida sotib olgan edim. Hanuz tugatganim yo'q. Tugatish niyatida ham emasman. Ko'nglim sokinlik istagan har paytda ochib o'qiyman. Bir necha sahifalarda tinchlik va xotirjamlik ato eta oladi.

Kitob boblari ham ajoyib "O'zga g'amxo'rlik, Onangni asra, Tinglash ham san'at, Yaqinlari" va boshqalar. Ha, bir qaraganda juda jo'n tuyulishi mumkin to'grimi?

Biroq, siz o'zingizni asrayapman, g'amxo'rlik qilyapman deb o'ylaysizmi? Siz uchun javob beraman, yo'q katta ehtimol bilan g'amxo'rlik qilmayapsiz! Birovdan o'zaman deb tinimsiz o'qiganingiz, dunyo trendlari bilan yonma-yon turay deb kamida 3ta sohani etagidan tutganingiz yoki kuniga 5 mahal ovqat yeganingiz ham g'amxo'rlik emas aslida.

Qachon shunchaki yayov yurdingiz? Qachon shunchaki qalbingizga quloq tutgancha u istagan shirinlikni o'zingiz emas, qalbingiz uchun olib berdingiz? Qachon shunchaki quyosh tagida o'tirgancha hech bo'lmasa 2 sahifa kitob yoki sevimli musiqangizni atrofni tomosha qilgancha eshitdingiz? Javob beraman, eslay olmayapsiz.

O'zga g'amxo'rlik qilish oson emas bilsangiz. Shoshmaslik, vaqtni 5-10 daqiqasini ajratib chuqur nafas olish kulguli va bachkana bizning nazdimizda. Heh, shuyam ish bo'libdi-yu deymiz.

O'zingizga birinchi va navbatda keyin esa boshqalarga g'amxo'rlik qiling. O'ziga g'amxo'rlik qila olmagan kishi, qancha umr kechirsa ham o'zgaga g'amxo'rlik qila olmaydi. Sababi, g'amxo'rlik tushunchasini bilmaydi,

@mahinsworld
3.5K views09:43
Ochish/sharhlash
2021-02-03 08:26:42 ​​Tinglash ham san’at

Hayotimizda shunday paytlar bo’ladiki, bizga yordam berishlarini emas, shunchaki tinglashlarini istaymiz. Albatta bunday paytlar aqlli do’stlar ham suhbat kerakli bo’lishi mumkin, biroq bizni tinglashlarichalik malham emas.

Ijtimoiy tarmoqlarga nimalardir yozishimiz, blog ochishimiz barchasi aslida bizni tinglashlari uchundir. Shundagina biz harakatlarimiz, qarorlarimiz va fikrlarimizda ma’ni borligi va ahamiyatga ega ekanini his qilamiz.

Ha, bilamiz emas his qilamiz. Bilishdan ko’ra his qilish kerakliroq. Bizni tinglashsa mavjudligimizda ma’no bor ekanini tushunamiz. Insonlarning bizga e’tiborisiz bizning hayotimiz tinglovchisiz sahnaga aylanar edi.

Kimdadir og’ir vaziyat bo’lsa maslahatdan ko’ra, tinglashimiz malhamdir.

Ba’zida biz kimgadir muammolarimizni ayta turib “kerakli so’zlar”ni eshitishni emas, balki biz eshitilish va tushunilishni istaymiz.

Kimdir sizga gapirsa, o’sha insonga maslahatlaringiz yomg’irini yog’dirmang, aksincha tinglab bag’ringizga bosing.

Kimnidir to’g’rilagandan ko’ra, muhokamalarsiz jimgina bag’ringizga bosing.

“Love for imperfect things”

@mahinsworld
3.1K viewsedited  05:26
Ochish/sharhlash
2021-02-02 01:44:31 Ayni shu pallada Kamyuning “Begona”sini qayta o’qiydigan kayfiyat. O’zimni haqiqiy Mersodek his qilyapman.

@mahinsworld
2.8K views22:44
Ochish/sharhlash
2021-02-01 20:09:18 ​​Qachon bu ahvolga kelib qolganingni bilmaysan. Tug'ilganingdan senda shu la'natlangan hissiyotlar bordek.

Avvaliga urinasan, yeqilasan, yana o'rningdan turib davom etasan. Atrofingda "yengilma, sen qila olasan" deyishadi. Bu gal ham zarba olasan. O'zingcha umid deb o'ylaganing hech narsa bo'lib chiqadi.
Keyin ko'nib yashash kerakligini tushunasan.

Sen dangasa emassan, shunchaki senda kuch qolmagan. Kuching yetmaydi.
Daxshatli qorong'uda o'zingni yo'qotib qo'yayotgan paytingda bir kun kichik, mittigina yorug'lik yo'lingdan chiqadi.
Endi kichik bo'lsa ham nimadir bor deb o'ylaysan.
Yo'q. U ham o'chadi. Yo'qolib qoladi u ham.

Yana kimsasizlikdasan.
Sendagi bori, barcha chiroqlar o'chib qolgan.
So'ngida o'zing va "o'sha" hayol qoladi yana.

(20% personally da yozdim. Do not send me negativity)

Men: @CarrotReads
2.7K views17:09
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:11:36 Eng sevgan guruhimning eng sevgan qo’shiqlarimdan birining 4 yilligi bilan chin tildan tabriklayman. Yomon yaxshi kunda yonimda bo’lganing uchun rahmat!

Yes, I am a Believer
@mahinsworld
2.7K views14:11
Ochish/sharhlash