Get Mystery Box with random crypto!

Yuqoridagi postga ajoyib izohlar keltirishdi. Biroq, ayni yozi | Mahin's World

Yuqoridagi postga ajoyib izohlar keltirishdi. Biroq, ayni yozilgan ma’nisini tushunishmadi. Ayb menda! Tushuntira olmadim.

Shunday izohlar bo’ldi-ki hatto qo’yni ham misol qilishdi .

Demoqchi edimki, biz qaysidir payt qaysidir kitobni tanlab o’qisak demakki o’sha kitob bizga kerak bo’lgan. Ayni shu “yomon” kitoblar tufayli biz yaxshisini ajrata olamiz. Bejizga “yaxshini yomondan o’rgan” deyishmagan.

Bundan kelib chiqadi-ki ayni yomonlar bizni xayrli yo’lga, nur taraluvchi kitoblar tomon yetaklaydi. Yomon kitobni yomonligini bilish va yomon deyish uchun qanchadir miqdorda bo’lsa-da mutolaa qilish kerak. Ko’rib turganingizdek biz barallasiga yomon deydigan kitoblar bor ekan, biz yaxshisini qadrlaymiz.

Mutolamiz xayrli bo’lsin. Yoqimli mutolaa, Mahin

@mahinsworld