Get Mystery Box with random crypto!

Mahin's World

Telegram kanalining logotibi mahinsworld — Mahin's World M
Telegram kanalining logotibi mahinsworld — Mahin's World
Kanal manzili: @mahinsworld
Toifalar: Adabiyot , Ish
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.67K
Kanalning ta’rifi

PhD student (Academy of Sciences) Specialization: International Relations and Politics
Contact: @mahins_world
YouTube blog https://www.youtube.com/channel/UCLR6VeCivHaoF_RBcfVAwGg

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-23 08:45:06 no one knows what they are doing with their life

NO ONE

@mahinsworld
2.4K views05:45
Ochish/sharhlash
2022-08-22 19:23:07
#video

How are you?

@mahinsworld
3.9K views16:23
Ochish/sharhlash
2022-08-22 14:16:30
#new_books

I got you

@mahinsworld
2.6K views11:16
Ochish/sharhlash
2022-08-21 16:18:26 ​​#book_review

“Iztirobim yana qancha davom etadi?
Dunyo meni qachon ozod qiladi?
Adolat uyi qayerda?
Taqdirimni kim yozadi?

Ayt unga
Ayt unga
Ayt unga

Dunyoda har narsa bo’lishni istayman.
Ammo ayol bo’lishni emas.
Afg’on ayoli bo’lishni emas...”

The Underground girls of Kabul (Kobulning yashirin qizlari) kitobi jurnalist Jenny Nordberg tomonidan yozilgan. Ancha katta mehnat, yillab izlanish va ayol boshi bilan hayotini ajal yoqasiga boylab aynan Afg’onistonda yashash evaziga dunyoga kelgan kitob. Mehnat mevasi o’z navbatida dunyoda yaxshi qadrlandi va 2015-yilda Pulitser mukofoti bilan taqdirlandi. Xo’sh kitob nima haqida? Biz doimiy eshitib kelgan Afg’oniston haqida navbatdagi yurak ezar hikoyalarmi? Yana Tolibonlar, jang va ocharchilik haqida?

Erkinlik

Afg’onistonda erkak va ayolning eng birinchi farqi bu – Erkinlik hisoblanadi. Ayollar bo’ynini egib yurishi, past ovozda gapirishi, mayda qadam tashlashi, past ovozda kulishi – majburiy. Aks holda, oxiri voy hisoblanadi. Ayol hech qanday huquqga ega emas. Hatto ayol huquqini himoya qilinish ham mumkin emas. Ayol doim erkak mulki; avvaliga otasi, ota vafot etsa va qiz turmush qurmagan bo’lsa aka-uka, keyin er va o’g’il. Erkak kishisiz ayol 0 ga teng.

Biologik vazifa

Dunyodagi har bir tirik mavjudotning biologic vazifasi mavjud. Afg’onistonda ayol faqat biologik vazifa bajarish uchun kerak: farzand dunyoga keltirish. Son-sanoqsiz sog’lom farzand dunyoga keltirishga majbur. Qo’shimchasiga esa farzand O’G’IL bo’lishi kerak. Agar ayol qiz farzand keltirsa ayolga ovqat berilmasligi tabiiy holat. Eng yomon holat esa ketma-ket faqat qiz farzandlik bo’lish. Ushbu oila jamiyatda uyatli oila hisoblanadi. Axir, ularda o’g’il farzand yo’q.

Partizanlar

Dunyoda bir jiddiy va qaqshatqich qoida borki, unga qarshilar ham bor. Afg’onistonda ham chetda emas. Bacha posh – qizlarni o’g’il bola qilish (toki voyaga yetgunga yoki o’g’il farzand tug’ilgunga qadar). Bu udum tarixdan ancha yillar va yirik voqealarga borib taqaladi. Mulan, Janna Dark va boshqa voqealarni bir eslaylik (kitobda keltirilgan misollar). Afg’onistonda esa bu bir muncha o’zgacha. Kimdir yaxshi niyat – keyingi farzandim o’g’il bo’lsin deya qizini voyaga yetguncha o’g’il qilib olib yuradi. Ba’zi hollarda esa bu holat qarshilik ko’rsatishga aylanadi va tizimga o’z holicha imkonicha bosh ko’tarishga olib keladi. Bosh ko’tarish ham bir ma’noda hech kim sezmas darajada; ba’zi bacha poshlar qaytib qiz/ayol bo’lishdan bosh tortatadilar (Nader) va erkak holicha qoladilar va podvallarda boshqa bir pacha poshlarga takvando/futbol o’rgata boshlaydilar (bu hech qanday natijaga baribir olib kelmaydi). Bu esa qaysidir ma’noda partizanlik.

Otalar

Afg’onistonda ham farzandlarini jonidan ortiq ko’rar otalar bor. Qizlarining ta’limi uchun borini berishga tayyor. Qiziga ta’lim beradi, yaxshi joydan savodli/tarbiyali kuyov topishga urinadi. Ba’zi hollarda esa turmushga berishga majbur ham qilmaydi. Bu kabi otalar barmoq bilan sanagulik afsuski.

Qissadan xissa

Kitobdagi hech qaysi ismlarni aytmaslikka qaror qildim va shu tariqa review yozdim. Ko’tarilgan mavzular/muammolarni yoritishga urindim. U yerdagi muammo hech qachon hech bir urinishda ham o’z yechimini topmaydi. Sababi, qon-qoniga singib ketgan qadriyatlar, savodsizlik, voyaga yetmaslik (aqlan), barcha narsada ayollarni ayblash, rivojlanmaslik. Ularni bu botqoqlikdan olib chiqish juda qiyin. Men esa norasida qizlarga achinaman. Hech qanday ovozga, na tanang van a qalbinga egalik qila olmaydigan makonda faqatgina biologik vazifa keltirish uchun jismdek yashash – tirik murdalikdan-da og’ir.

@mahinsworld
4.1K viewsedited  13:18
Ochish/sharhlash
2022-08-20 18:03:13 #reading

- O'n yetti yoshda. Birinchi farzandi. Qari amakisiga turmushga berilgan.
- Yigirma bir yoshda. 3 farzand onasi. Uning eri - ko'p xotinlik boy.
- Qirq yoshda. Old tishlarining bir nechtasi yo'q. Bola tushgan, ammo uni 10 ta tirik farzandlari bor - qizlar. Shu sababdan, u yana farzandlik bo'lishi shart!

Statistikaga ko'ra har yili 18 ming afg'on ayollar tug'ruqdan keyingi asoratlar tufayli olamdan o'tadi; taxminan ulardan 50 tasi kuniga yoki har biri har yarim soatda jon beradi.

"Kobulning yashirin qizlari"...

@mahinsworld
3.1K viewsedited  15:03
Ochish/sharhlash
2022-08-19 10:35:42 https://www.instagram.com/reel/ChbrscbKYU3/?igshid=ZDg1NjBiNjg=

Ko’rgazmadan yangi reels video
3.3K views07:35
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:52:45
Mehnatlarimiz...

Har birini ichida familiyam bor

@mahinsworld
3.2K views06:52
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:44:28
Bizda ko’rgazma

@mahinsworld
3.0K views06:44
Ochish/sharhlash
2022-08-17 13:14:13
#new_books

Shu kitob izidan 1 yildan beri yurgan edim. True story - bo’lgan voqea. 12 farzanddan 6 tasi shizofreniya kasaliga chalingan bo’ladi. YouTubedan izlasangiz ham documental videolar chiqadi. Imtixonim o’tishi bilan mutolaga kirishaman.

@mahinsworld
3.6K views10:14
Ochish/sharhlash
2022-08-17 12:06:28 #shingil

Sen hech kim o’qimagan, xabari yo’q deb o’ylagan yozuvchingni Mamarayim 5-10 yil oldin o’qigan bo’lishi mumkin...

@mahinsworld
3.4K views09:06
Ochish/sharhlash