Get Mystery Box with random crypto!

Kitoblarni yomoni yo’q 5-6 yillar avval “anavi kitob yomon, b | Mahin's World

Kitoblarni yomoni yo’q

5-6 yillar avval “anavi kitob yomon, bunisi yaxshi”, deb yurardim. Yaqin yaqingacha ham bu fikrim o’z kuchini yo’qotmadi. Safarlining kitoblari-yu Koelyoning “Alximik” asari bir tiyinga qimmat deydigan kitobxonlar hozir ham talaygina.
Ilmiy aqlli kitoblar o’qib o’zini qanchadir qavat yuqorida deb hisoblaydiganlar ham topiladi. Shunday ekan, mutoaa o’zi nima? Kitoblarning yaxshi-yu yomoni bor ekanmi?

Mutolaa avvalambor inson qalbi, ma’naviy dunyosi uchun o’qiladi. Ilmiy va badiiy kitob boshqa-boshqa olam. Ilmiy kitobga mukkasidan ketganlarni badiiy asarlar oshuftasidan ustun qo’yish kerak emas. Sababi, ikkisi ham o’z kitoblaridan ma’naviy ozuqa oladi. Yoki o’ta “aqlli” ilmiy kitoblar o’qigani sababli Safarli o’qiydigan odamdan ustun bo’la olmaydi.

Kitob – bu insonning shaxsiy tanlovi. Shaxsiy tanlovni faqatgina hurmat qilishimiz kerak.
Kitoblarning yaxshi va yomoni yo’q. Ayni holatimizga mos va mos emasi bor, xolos. Bugun qalbimiz faqat ilmiy kitoblarni so’rasa ertaga Safarli yoki bir-ikki marta o’qiladigan romance istaydi. Bu uchun o’zimizni ayblashimiz kerak emas.

O’zimdan bir misol, “Shantaram” asari. Shu kitobni bundan 6 yil avval rosa izlab Moskvadan olib keltirgan edim. O’qigunimcha “kompot” bo’lganman. Ancha vaqt asar voqeliklaridan chiqa olmadim, hatto Instagramdagi shaxsiy sahifamga ham rasmini joylab qo’ydim. Biroq, nima bo’ldi-yu oxirgi 2 uyil mobaynida kitobni ko’rarga ko’z bo’lmay qoldi. Sababsiz. Shunchaki. Shantaram deyishsa “pffff kitob emas u” derdim. Endi o’ylanyapman kitobni o’qiganimda va undan keyin juda yoqqan edi-ku. Demak, o’sha holatimga juda mos kelgan ayni xarobalar tasvirlari-yu, insonlarning o’z najaslarini yeyishlari. O’ta ochiq, o’ta jirkanch tasvirlar. Yozyaman-u hozir kitob yana yoqib boshlayapti.

Xulosa qiladigan bo’lsa, kitobni yomoni yo’q. Sizga hozir ana shu yerda yoqdimi, lahzalardan foydalaning va kitobning sehrli olamiga g’arq bo’ling. Men esa yoqdi va yoqmadi deb review yozishda davom etaman.

Sizda ham shunday holatlar bo’lganmi, qaysidir kitob yoqqan, yoqmagan va yana yoqqan?

@mahinsworld