Get Mystery Box with random crypto!

Mahin's World

Telegram kanalining logotibi mahinsworld — Mahin's World M
Telegram kanalining logotibi mahinsworld — Mahin's World
Kanal manzili: @mahinsworld
Toifalar: Adabiyot , Ish
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.67K
Kanalning ta’rifi

PhD student (Academy of Sciences) Specialization: International Relations and Politics
Contact: @mahins_world
YouTube blog https://www.youtube.com/channel/UCLR6VeCivHaoF_RBcfVAwGg

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2021-02-01 12:56:11 ​​#book_review

Kecha kechqurun o'qishni boshlagan kitobim, Jianna Molinarining "Bu yerda hamma narsa bo'lishi mumkin" asarini yakunladim.

Kitob juda tez o'qilar ekan. Jami 3-4 soatda kitobni tugatdim. Rosti kitobga menimcha tushunmadim. Haqiqatda tushunmadim. Balki qandaydir so'zlarda yashirin so'zlar mavjuddir, meni aqlim yetmagandir.

Orolchalar haqidagi joylari yoqdi. Bittasini keltiraman:

Bittagina kichkina tepalikdan iborat bir orol bor. Uyning ustida bitta chayla, chaylada bitta odam va qo'y yashaydi.
Qo'y tepalikda o'sadigan o'tlardan mamnun. Odam qo'yi borligidan baxtiyor.


Ana shunaqa gaplar. Kitobni sotib oldingizmi? O'qishga ulgurdizmi yo men birinchimi?

@mahinsworld
2.6K views09:56
Ochish/sharhlash
2021-02-01 08:44:29 #offtop

Bugun yilning ideyal oyi ekan. Perfektsionistlarga salom. 4 hafta to’liq mavjud bo’lgan. Dushanba yo oy boshidan qandaydir yomon odatlarni tashlayman deganlarga ensa bilan qaragan Mahin ismli shaxs ham bugundan qator yomon odatlarini tashladi. Iroda va matonat kuchini sinaymiz, toblaymiz. Ertalab 6da uyg’ondim. 1 soatga yaqin kitob o’qidim. Endi tongni kitob bilan boshlashni niyat qildim.

Endi yordam, maslahat berish yo’q. Vaqtim va enegriyaning asosi shunga sarf bo’libdi. Bilgan bildi, bilmagan esa yo’q. Joningni bergudek yaqin bo’lgandan hech qanday mani yo’q, senga kelganda tushunishmaydi yoki tushunishni shunchaki istashmaydi. Shunday ekan faqat o’zing bilan mashg’ul bo’l. O’zinga g’amxo’rlik qil.

O’zimga atalgan gaplar:
- Kitob o’qi. Anchadan beri diqqatingni atrofga ko’p qaratyapsan;
- O’zingni doim 1-o’ringa qo’y. Bu xudbinligim doim bo’lgan va o’zgarmaydi;
- Ko’p yayov yur. O’zi oxirgi paytlar kuniga kamida 5-6 km yuryapman;
- Ayni bugundan eng sevimligim bo’lgan kola ichishni to’xtataman. Haqiqatda sog’likka yomon ta’sir qilyapti.

Bu oy o’zimga badiiy kitoblar zakaz qilgan Amazonga. 1 oy faqat badiiy o’qimoqchiman. Turli voqealar, hikoyalar, taqdirlar, sevgi, oilaviy dramalarni kuzatmoqchiman. Yoqimli va sirli olamga sho’ng’imoqchiman.

Siz Fevralga qanday rejalar qilgansiz? Yomon odatlaring sizda bormi (menda kola va hammaga yordam berishim edi)?

@mahinsworld
2.4K views05:44
Ochish/sharhlash