Get Mystery Box with random crypto!

#e’lon Talaba, magistrant, doktorant hamda ilmiy xodimlar diq | Magistrlar Official

#e’lon

Talaba, magistrant, doktorant hamda ilmiy xodimlar diqqatiga!


Joriy yilning 11-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNOTEXNOPARK binosida Xitoy universitetlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Unda XXR universitetlarining o‘qish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘qish muddatlari va shart-sharoitlari bilan tanishishingiz mumkin.

Ko‘rgazma o‘zbek, xitoy va ingliz tillarida olib borilib, 11-dekabr (dushanba) soat 9.00 dan 17.00 gacha davom etadi. Rasmiy ochilish marosimi soat 09:30 da boshlanadi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi 2

@magistrlarofficial