2022-01-06 07:51:04
E’lon!Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a’zolari!
Bugundan boshlab kanalimizda yangicha rux va shijoatni qaytadan bag‘ishlash maqsadida ibratli, motivatsion ruxdagi postlar, hikoyalar, video roliklar va kо‘plab yangi loyihalar amalga oshirishni о‘z oldimizga maqsad qilib qо‘ydik. Bu maqsad yо‘lida bizga Respublika “Kelajak
Liderlari” klubining iqtidorli va fidokor yoshlari о‘zlarining beminnat yordamlarini berishadilar.
“Kelajak Liderlari” klubining bilimli va mehnatkash yoshlarining asosiy maqsadi Liderlar kanalida о‘zlari tayyorlagan ma’lumotlari bilan yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik va liderlik kо‘nikmalarini shakllantirishga kо‘mak berish hamda yurtimiz rivojiga oz bо‘lsada о‘z hissalarini qо‘shishdir.
Ularga bu ishlarida omad tilab qolamiz.
Ma’lumot о‘rnida bugun Andijon viloyati, ertaga 7 yanvar kuni Buxoro viloyati “Kelajak Liderlari” klubi jamoasi tayyorlagan ma’lumotlar kanalga qо‘yib boriladi. Ularni adolatli baxolab borasizlar degan umiddamiz.
5.9K viewsedited 04:51