Get Mystery Box with random crypto!

​​​Amal nima? Menga qolsa, raislik uyoqda tursin, ming marta k | LIDERLAR

​​​Amal nima? Menga qolsa, raislik uyoqda tursin, ming marta katta amaliyam misoli oyog‘ingdagi etikday gap. Seni amalga xalq ko‘tardimi, davlat ko‘tardimi, baribir “Mana shu etikni kiygin-da, kerak bo‘lsa suv kechib, kerak bo‘lsa loy kechib xalqning xizmatini qilgin”, deydi. Qilasanam!.. To‘g‘ri, bir xillar bor: zig‘irday amal tegdimi, bo‘ldi, Xudo amal bilan aql qo‘shib berdi, deb o‘ylaydi. Bunaqalar yonida o‘zidan aqlliroq odam ishlashini xohlamaydi. Nazarida aqlli odam etigini yechib olayotganday bo‘laveradi.

O‘tkir Hoshimov (Ikki eshik orasi) asaridan