Get Mystery Box with random crypto!

​​ 'Kreativ Pedagog' kanalining asosiy maqsadi nimadan iborat | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

​​ "Kreativ Pedagog" kanalining asosiy maqsadi nimadan iborat?

Har bir harakat biror maqsadga yo'nalgani kabi "Kreativ Pedagog" kanalining ham o'z maqsadi va vazifalari mavjuddir. Xo'sh, ushbu kanalni tashkil etilishidan asosiy maqsad nima?

"Keativ Pedagog"ning asosiy maqsadi bu - Pedagoglar kasbiy mahoratini oshirish, o'qituvchilarning zamonaviy va samarali dars o'tish mahoratlarini egallashlariga erishish va bu orqali yosh avlodni ilmga ishtiyoqli, yuksak aql-zakovatli qilib tarbiyalash. Buning natijasida yosh o'g'il-qizlarimizni Yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shadigan, Jahon sahnasida o'zbek millatini o'z o'rniga ega qila oladigan darajaga olib chiqishdan iboratdir.

Shu oliy maqsad zamirida "Kreativ Pedagog" onlayn kursi ham tashkil etilgan bo'lib, bu kurs orqali o'qituvchilar o'zining pedagogik mahoratlarini eng yuqori darajaga olib chiqishi mumkin. Kursda o'rgatiladigan eng zamonaviy va jahon standartlariga mos bo'lgan metodlar o'qituvchilik kasbida uchraydigan barcha muammolarga yechim bo'lib xizmat qiladi.

"Maqsadga olib boradigan yo‘lning uzoq-yaqinligi ahamiyatsiz"  deganlaridek, "Kreativ Pedagog" kanali va Krepeduz o'qituvchilari ushbu oliy maqsad yo'lida harakat qilishdan to'xtamaydi. Zero, ilmli va mahoratli o'qituvchi bu haqiqiy lider yoshlarni tarbiyalay oladi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!‌‌