Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston vs Ukraina. Vazni og‘irlar g‘alabani hal qilgan b | Judo Uz

O‘zbekiston vs Ukraina. Vazni og‘irlar g‘alabani hal qilgan bellashuv

Bosniya va Gersegoviniyaning Sarayevo shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Ayni daqiqalarda musobaqaning so‘nggi kuni jamoaviy bahslar o‘tkazilmoqda. Hozirgina O‘zbekiston hamda Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.

Biz uchun qur’a omadsiz kelgan bellashuvda ukrainalik dzyudochilar 4-1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l olishdi. +63 va +81 kg vazn toifalarida kechgan bahslarda Qodirova hamda Shermahmatov o‘zlaridan vazni ancha yuqori bo‘lgan raqiblari bilan bellashishlariga to‘g‘ri keldi.

Jamoamizga yagona g‘alabani Muhibiddinov (-81 kg) taqdim etdi. Endi terma jamoamiz bronza medali yo‘lidagi o‘tish bellashuvida ishtirok etadi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram