Kanal manzili:
Toifalar:
Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar:
12.56K
Kanalning ta’rifi
Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot
Ratings & Reviews
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
5 stars
0
4 stars
0
3 stars
0
2 stars
0
1 stars
3
Oxirgi xabar 66
2021-11-26 12:04:47
Fuqarodan 1,5 mln dollar talab qilgan hokimlik mansabdori qo‘lga olindiOlmazor tumani hokimligining mansabdor shaxslaridan biri noqonuniy daromad olish maqsadida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga plastik quvurlar ishlab chiqaruvchi zavod qurishi uchun Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan 12 gektar yer olib berish evaziga 1 mln 560 ming AQSH dollari talab qiladi.
Shundan so‘ng ular Toshkent shahridagi restoranlardan birida avans sifatida 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Markaziy bankning Toshkent shahar boshqarmasi xodimi esa fuqaroni subsidiya hisobidan uy-joy oluvchilar ro‘yxatiga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming dollar olayotganda ushlangan.
Ikkala holat bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
@jalolmurad • Manba
4.2K views09:04
2021-11-26 11:26:01
Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 25 haftalik homilador ekani aniqlandiSamarqand shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 63-umumta’lim maktabida tahsil oluvchi 2008-yilda tug'ilgan 13 yoshli o‘quvchilardan biri homilador ekani aniqlangan.
Surishtiruvlarga ko‘ra, qizning homilasi 25 haftalik bo‘lgan. Samarqand shahar hokimligi va boshqa tashkilotlardan maktabga ishchi guruh kelib holatni o‘rganib, muhokama qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 13 yoshli homilador qiz bolani tug‘ishini ma’lum qilgan.
@jalolmurad • Manba
3.9K views08:26
2021-11-26 08:22:49
Xitoyda blogerlar va ijtimoiy tarmoq yulduzlari ustidan nazorat kuchaytirildiBarcha aktyorlar, blogerlar, xonandalar va boshqa taniqli shaxslar “axloqiy tamoyillar”ga rioya qilishlari lozim, aks holda ularning ommaviy faoliyati taqiqlanadi.
Qayd etilishicha, ushbu choralar ijobiy va sog‘lom internet-muhit yaratishga qaratilgan bo‘lib, yulduzlar haqidagi g‘iybatlar va ularga nisbatan e'tibor Xitoy jamiyatining an'anaviy qadriyatlariga putur yetkazadi.
@jalolmurad • Manba
4.4K views05:22
2021-11-24 19:32:50
Rossiya poytaxtida mehnat migrantlari uchun patent narxi ko'tariladiAytilishicha, bu bo'yicha Moskva hukumati vaziri, shahar Iqtisodiy siyosat boshqarmasi boshlig'i Kirill Purtov ma‘lumot bergan. U 2022-yildan boshlab Moskvada mehnat bozorining hududiy xususiyatlarini aks ettiruvchi koeffisient oshishini aytgan. Bu koeffisient asosida chet el fuqarolarining mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patent narxi hisoblab chiqilishi ta‘kidlangan.
@jalolmurad • Manba
2.4K views16:32
2021-11-24 17:08:01
Prezident: "Kelgusi yilda paxta va gʻalladan boʻshagan 80 ming gektar yer aholiga boʻlib beriladi"Kelgusi yilda paxta va g‘alladan bo‘shagan 80 ming gektar yer aholiga bo‘lib beriladi;
70 ming gektar yer foydalanishga qaytariladi;
Aholining o‘zida 500 ming gektar atrofida tomorqa yerlari mavjud. Ushbu yerlardan qo‘shimcha 10 million tonna mahsulot olish, 1,5 million aholini band qilish va 800 million dollarlik eksport qilish uchun sharoit yaratiladi.
@jalolmurad • Manba
3.5K views14:08
2021-11-24 16:38:26
AQSh Tolibon hukumatini tan olmaydiRossiya va Xitoy tan olsa ham, AQSh "Tolibon" hukumatini tan olmaydi. Bu haqda AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Tom Uest ma'lum qildi.
@jalolmurad • Manba
3.2K viewsedited 13:38
2021-11-24 13:17:01
AQSH demokratiya sammitiga O‘zbekistonni taklif qilmadiAQSh joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Demokratiya sammiti”da ishtirok etish uchun taklif etilgan 110 davlat ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga O‘zbekiston kiritilmagan.
@jalolmurad • Manba
3.8K views10:17
2021-11-24 12:22:23
Turkiyada lira kursining tushib ketishi oqibatida hukmron partiyaga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdiIstanbul va Anqara aholisi mamlakatdagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi hamda uning yetakchisi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bunga liraning tarixiy minimumga qadar tushib ketishi sabab bo‘lgan: 1 AQSh dollarining kursi 13,4 liraga yetgan — bir sutka davomida kurs 15 foizga tushib ketgan, deb xabar beradi “Kommersant”. Norozilik namoyishchilari hukumatning iste’fosini talab qilgan.
@jalolmurad • Manba
3.8K views09:22
2021-11-24 08:04:02
Qoraqalpogʻistonda milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi boʻlgan firibgarlar faoliyati aniqlandiFuqaro M.B. fuqaro R.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi tizimiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuvlariga asosan davom etgan tadbirda sherigi A.Q. 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
@jalolmurad • Manba
4.0K views05:04
2021-11-24 06:48:02
Janubiy Koreya sohillarida dunyodagi birinchi suzuvchi shahar quriladiMa‘lum qilinishicha, loyiha BMT ko'magida ishga tushirilgan. Suzuvchi shaharlar dengiz sathi keskin ko'tarila boshlaganda insoniyatga global isish sharoitida omon qolishga yordam berishi aytilgan. Shahar qurilishi 2025 yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
@jalolmurad • Manba
4.1K views03:48