Kanal manzili:
Toifalar:
Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar:
12.56K
Kanalning ta’rifi
Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot
Ratings & Reviews
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
5 stars
0
4 stars
0
3 stars
0
2 stars
0
1 stars
3
Oxirgi xabar 65
2021-11-27 11:36:02
O‘zbekistonga eng ko‘p mobil telefon qaysi davlatdan kirib keladi?Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 154,2 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,2 million dona mobil telefon import qilgan.
O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
• Xitoy – 79,5 million $
• Vetnam – 60 million $
• Hindiston – 7,2 million $
@jalolmurad • Manba
3.4K views08:36
2021-11-27 10:08:01
Eng zo'r soqol chiqaruvchi vosita — BEARD OIL
100% kafolatga ega
Effekt a'lo darajada
BESOQOLIKKA NUQTA QO'YISH VAQTI KELDI
SOQOL QO'YISH PAYG'AMBARLARDAN MEROS
Aksiya narxida: 149 000 so'm
Mahsulotni qoʻlingizga olgach toʻlov qilasiz! Yetkazib berish bepul
3.4K views07:08
2021-11-27 08:20:41
O'zbekistonda 2021-yilda 3,4 million tonna paxta terib olindiMa‘lum bo'lishicha, O'zbekistonda bugungi kunda 122 ta paxta-to'qimachilik klaster korxonasi faoliyat olib bormoqda.
Qayd etilishicha, respublikada 2021-yilda 1,031 ming gektar yer maydonida paxta yetishtirilib, jami 3,4 million tonna paxta xom ashyosi terib olingan.
@jalolmurad • Manba
3.4K views05:20
2021-11-27 06:41:09
O‘zbekistonning davlat qarzi 25 mlrd dollardan oshdiO‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i joriy yilning III choragida 1,1 mlrd. dollarga (yil boshidan 2,1 mlrd dollarga) oshib, 1-oktyabr holatiga 25,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Hisobot davrida davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbati barqarorlashish tendensiyasi saqlanib qolib, yil boshidagi 38,9 foizdan joriy yilning 1 oktyabr holatiga 38,4 foizgacha pasaydi.
@jalolmurad • Manba
3.9K views03:41
2021-11-26 20:42:16
Turin politexnika universiteti talabasi oliygoh darvozasi oldida urib o‘ldirildi
Ma'lum bo‘lishicha, soat 13:00 atrofida universitet darvozasi oldida bir necha yosh yigitlar uchrashgan. Kelishmovchilik oqibatida 18 yoshli A.R. (talaba emas) 18 yoshli Sh.R.ning (shu universitet talabasi) yuziga musht tushirgan. Zarba tufayli u yerga yiqilgan va olgan shikastlari oqibatida halok bo‘lgan.
@jalolmurad • Manba
4.4K views17:42
2021-11-26 18:26:01
Tojikistonda aholi va organ xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdiBunga organ xodimlarining fuqaroni otib tashlagani sabab bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, to‘qnashuv oqibatida ikki nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan va besh nafar huquqni muhofaza qiluvchi xodim jarohatlangan.
@jalolmurad • Manba
4.9K views15:26
2021-11-26 17:48:01
Rossiyadan Namanganga uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga kelgani sababli favqulodda qo‘ndirildiMa’lum bo‘lishicha, samolyot bortida chaqaloq dunyoga kelgani sababli uchuvchilar shoshilinch qo‘nishga qaror qilishgan. Xabar qilinishicha, ayni vaqtda uning salomatligi yaxshi.
@jalolmurad • Manba
4.8K views14:48
2021-11-26 16:48:41
O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi2022-yilda Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi uchun ikkita energoblokdan iborat majmua qurilishi boshlanadi.
Yevrosiyo taraqqiyot bankining hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlar orasida o‘zining energetika sohasi uchun eng ko‘p sarmoya jalb qilgan mamlakatdir.
@jalolmurad • Manba
4.6K views13:48
2021-11-26 16:04:15
Bugun 20:00dan benzin narxi pasaytiriladiBugun soat 20:00dan buyon “AI-80” markadagi benzin 6890 so‘mdan sotuvga chiqariladi.
Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ xabar berdi. Respublika hududidagi “O‘zbekneftgaz” AJning barcha AYOQSHlarda benzin bo‘lishi ta’minlanadi.
@jalolmurad • Manba
4.7K views13:04
2021-11-26 14:12:01
O‘zbekiston bozoriga Xitoyning Chery avtomobillari kirib kelishi kutilmoqdaXitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi Chery kompaniyasi 2022-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi kutilmoqda.
Chery Automobile Co 1997-yilda Xitoyda tashkil etilgan. Kompaniya avtomobillarni 80 dan ortiq mamlakat va mintaqaga eksport qiladi, Xitoydan tashqarida 10 ta zavod, 1500 dan ortiq chet el dilerlik markazlari va xizmat ko‘rsatish markazlariga ega. So‘nggi 18 yildan buyon Chery yengil avtomobillar eksporti bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
@jalolmurad • Manba
4.2K views11:12