Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyada Xitoy fuqarosiga hujum qilgan olti nafar O‘zbekiston | Jalol Murad

Rossiyada Xitoy fuqarosiga hujum qilgan olti nafar O‘zbekiston fuqarosi sud hukmi bilan qamoq jazosiga hukm qilindi.

Novosibirsk sudi xitoylikka hujum qilgan olti nafar O‘zbekiston fuqarosini Jinoyat kodeksining 162-moddasi 4-qismi va 105-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topgan.

Sud qarori bilan besh nafar o‘zbekistonlikka 8 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlangan. Qotillik ayblovi qo‘yilgan oltinchi erkakka 16 yil qamoq jazosi tayinlangan. Jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aybdorlar 24-iyul kuni issiqxona hududida ikki nafar Xitoy fuqarosiga hujum qilgan va ularga 1,3 mln rubl zarar yetkazgan. Keyinroq, 29-avgust kuni qonunbuzarlar Xitoyning olti nafar fuqarosiga hujum qilib, 400 ming rubl zarar yetkazgan. Bundan tashqari, xitoyliklardan biri vafot etgan.

@jalolmurad