Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.28K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 64

2021-11-28 10:14:52
1,5 million so‘m pora bilan qo‘lga olingan maktab direktori 5 yilga qamaldi

Qashqadaryoning Kitob tumanidagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi sobiq direktoriga nisbatan hukm chiqarildi.

Unga nisbatan joriy yilning avgust oyida 1,5 million so‘m pora olayotgan vaqtida qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u bu mablag‘ evaziga fuqaroni murabbiylikka ishga joylashtirishga va’da bergan.

Tuman sudi gumonlanuvchini JKning 210-moddasi 2-qismi (Pora olish) bilan aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek, sobiq direktor 2 yilga mas’ul lavozimda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

@jalolmurad • Manba
3.2K views07:14
Ochish/sharhlash
2021-11-28 07:40:03
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

U yerda davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibidan tashkilot doirasida ustuvor yo'nalishlar bo'yicha ko'p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o'rin olgan.

Turkmaniston poytaxtida davlatimiz rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o'tkazadi.

@jalolmurad • Manba
3.7K views04:40
Ochish/sharhlash
2021-11-27 19:44:01
Qozog'istonda o'zbekistonlik erkakning 900 dollar pulini o'g'irlagan ikki kishi ushlandi

Ta‘kidlanishicha, hisbga olingan ikki kishi jabrlanuvchining hamyonida qancha puli borligini erkak ketish uchun nazorat-o'tkazish punktidan o'tayotgan paytida ko'rgan.

Qo'lga olingan fuqarolar mahalliy aholi vakillaridan bo'lib, ulardan biri muqaddam xuddi shunday jinoyat uchun sudlangani aniqlangan.

@jalolmurad • Manba
2.1K views16:44
Ochish/sharhlash
2021-11-27 19:12:01
Toshkent viloyatida “Gentra” yo'lovchisi lyukdan tanasini chiqarib harakatlandi

ijtimoiy tarmoqda «Qora ‘Gentra’ minib olgan otasining erkatoylari» sarlavhasi ostidagi video tarqalgan.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilganda 2004 yilda tug'ilgan A.O. mazkur avtomobilni me‘yoriy hujjatlarsiz boshqargani aniqlangan.

O'rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. Shuningdek, hozirda yo'lovchining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

@jalolmurad • Manba
2.5K views16:12
Ochish/sharhlash
2021-11-27 18:44:01
Qozog'istonlik blogerlar Moskvada 3 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Blogerlar ijtimoiy tarmoqlarda "prank" qilish maqsadida avtotransport vositasini olib qochgan va bunga haydovchining munosabatini tasvirga olgan.

@jalolmurad • Manba
2.3K views15:44
Ochish/sharhlash
2021-11-27 18:12:01
Chinozdagi ichki yo‘llarning birida 20ga yaqin “peshoxod” yo‘l belgisi ketma-ket o‘rnatilgan

YHXBB xatolikni tan olib, yo‘l belgilarini to‘g‘ri o‘rnatilishi bilan bog‘liq ishlarni olib bormoqda.

@jalolmurad • Manba
2.6K views15:12
Ochish/sharhlash
2021-11-27 17:12:01
Oʻzbekiston oʻtgan 10 oy davomida eng koʻp yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar

Qayd etilishicha, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar qatoridan Qozogʻiston (26 776 ta), Ukraina (568 ta), Rossiya (400 ta), Ozarbayjon (141 ta), Afgʻoniston (128 ta), Tojikiston (72 ta) hamda Qirgʻiziston (30 ta) mamlakatlari oʻrin olgan.

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilga nisbatan solishtirilganda 14 036 taga oshgan.

@jalolmurad • Manba
2.9K views14:12
Ochish/sharhlash
2021-11-27 15:14:06
Koronavirusning yangi shtammi butun dunyo uchun xavfli bo'lishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrikada aniqlangan koronavirusning yangi shtammini butun dunyo uchun xavfli deya tan oldi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, mutatsiyalar seriyasiga uchragan B.1.1.529 virusi organizmdagi protein tarkibiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Amaldagi vaksinalar bu kabi o‘zgarishlarga yetarlicha samarador bo‘lmasligi aytilmoqda.

Siz vaksina olganmidingiz?

@jalolmurad • Manba
3.3K views12:14
Ochish/sharhlash
2021-11-27 13:32:07
O'zbekistonda maktab o'quvchilari soni 7,5 million nafarga yetadi

Ma‘lum qilinishicha, bugungi kunda respublikada 5 milliondan ortiq o'quvchi o'rniga mo'ljallangan 10 130 ta maktabda 6 million 246 mingdan ortiq o'quvchilar ta‘lim olmoqda. Vazirlik prognozlarga ko'ra, kelgusi 5 yillikda maktab o'quvchilarining soni 7,5 millionga yetishi kutilmoqda.

@jalolmurad • Manba
3.2K views10:32
Ochish/sharhlash
2021-11-27 11:36:02
O‘zbekistonga eng ko‘p mobil telefon qaysi davlatdan kirib keladi?

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 154,2 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,2 million dona mobil telefon import qilgan.

O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

• Xitoy – 79,5 million $
• Vetnam – 60 million $
• Hindiston – 7,2 million $

@jalolmurad • Manba
3.4K views08:36
Ochish/sharhlash