Get Mystery Box with random crypto!

1,5 million so‘m pora bilan qo‘lga olingan maktab direktori 5 | Jalol Murad

1,5 million so‘m pora bilan qo‘lga olingan maktab direktori 5 yilga qamaldi

Qashqadaryoning Kitob tumanidagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi sobiq direktoriga nisbatan hukm chiqarildi.

Unga nisbatan joriy yilning avgust oyida 1,5 million so‘m pora olayotgan vaqtida qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u bu mablag‘ evaziga fuqaroni murabbiylikka ishga joylashtirishga va’da bergan.

Tuman sudi gumonlanuvchini JKning 210-moddasi 2-qismi (Pora olish) bilan aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek, sobiq direktor 2 yilga mas’ul lavozimda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

@jalolmurad • Manba