Get Mystery Box with random crypto!

Rossiya mehnat muhojirlariga yangicha patent joriy qilmoqda R | Jalol Murad

Rossiya mehnat muhojirlariga yangicha patent joriy qilmoqda

Rossiyada mehnat muhojirlariga yuzining elektron tasviri va barmoq izlarini o‘z ichiga olgan chipli karta ko‘rinishida patent berish boshlanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining mamlakat huquqiy axborot portalida e’lon qilingan buyrug‘ida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, karta ichiga o‘rnatilgan kontaktsiz interfeysga ega mikrosxema patentda ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlarni, shuningdek egasining shaxsiy biometrik ma’lumotlarini yuzning elektron tasvirini va qo‘lining ikki barmog‘ izini o‘z ichiga oladi hamda uning identifikatsiyasiga mos keladi.

Bundan tashqari, hujjatda karta egasining mehnat faoliyati to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu farmon joriy yilning 29 dekabridan kuchga kiradi.

@jalolmurad • Manba