Get Mystery Box with random crypto!

​​Amazon Alexa yosh bolaga halokatli chellenj taklif qildi Bl | IT-MAVZU

​​Amazon Alexa yosh bolaga halokatli chellenj taklif qildi

Bleeping Computer nashri Twitter foydalanuvchisi Kristin Livdalning baham ko'rgan dahshatli hikoyasiga e'tibor qaratdi. Aleksa virtual yordamchisi Kristinning 10 yoshli qiziga hayoti uchun xavfli bo'lgan "chellenj" (vazifa) taklif qilgan.

Gap shundaki, aqlli kolonkaga “Tell me a challenge to do” degan savolni berish mumkin va bunga javoban u odatda qandaydir oddiy masalani hal qilishni yoki viktorina savoliga javob berishni taklif qiladi. Biroq, qiz Alexadan qiyinchilik so'raganidan so'ng, sun'iy intellekt unga quyidagicha javob berdi: «Vazifa oddiy: telefon zaryadkasini elektr rozetkasiga yarmigacha tiqing va "vilka"ning qolgan ochiq joyiga tanga bilan teginib ko'ring».

Qiz onasi bilan birga bo'lganligi sababli hech qanday ko'rgilik sodir bo'lmagan.

Jurnalistlarning tushuntirishicha, virtual yordamchilar odatda qidiruv tizimlari va turli xil saytlardan bunday chellenjlar uchun kontent to'playdi va har doim ham saytlar o'z ma'lumotlarini nazorat qilishmaydi. Yuz bergan vaziyatda esa, maslahat TikTok xavfli chellenjlarini muhokama qilgan ourcommunitynow.com saytidan olingan.

@ITMavzu