Get Mystery Box with random crypto!

AQSHda kam ta'minlangan oila uchun 3D-printerda uy bosib chiqa | IT-MAVZU

AQSHda kam ta'minlangan oila uchun 3D-printerda uy bosib chiqarishdi

Uy Alquist kompaniyasi tomonidan chop etilgan — u qurilish va infratuzilma xarajatlarini kamaytiradigan "maxsus dizayn" uchun 3D bosib chiqarish texnologiyasidan foydalanadi. Kelajakda kompaniya nafaqat yakka tartibdagi uylar, balki butun Qo'shma Shtatlar bo'ylab ko'p xonadonli, aralash va qariyalar uylarini qurishni rejalashtirmoqda.

Eypril Stringfild va uning 13 yoshli o'g'li kam ta'minlangan oilalarni qo'llab-quvvatlash uchun xayriya dasturi doirasida o'zlarining birinchi 3D-bosma uyining kalitlarini olishdi.

111 kvadrat metrlik inshoot Virjiniya shtatining Uilyamsburg hududida odatiy 4 hafta o'rniga 12 soat ichida qurib bitkazilgan.

Uch xonali va ikki hammomli konstruksiya tez qotuvchi beton karkasiga asoslangan. Quruvchilarning fikriga ko'ra, material uzoq muddatli foyda keltiradi — u haroratni yaxshi saqlaydi va shikastlanishga chidamli. Printerlar qurilish xarajatlarini 15 foizga kamaytirgan.

@ITMavzu