Get Mystery Box with random crypto!

​​Bu yilgi Nobel mukofoti 'banklar va moliyaviy inqirozlar bo' | Iqtisodchi Kundaligi

​​Bu yilgi Nobel mukofoti "banklar va moliyaviy inqirozlar bo'yicha tadqiqotlar uchun" Bernanke, Diamond va Dybvigga berildi.

Nima ishlari uchun? Ben Bernanke Markaziy bank raisi sifatida tanilgan, ammo u uzoq va ta'sirli tadqiqot karyerasiga ega mutafakkir va tadqiqotchi. Bernanke moliyaviy inqiroz va bank ishi bo'yicha juda ko’p ilmiy ish qilgan. 1983 yilda u bank muvaffaqiyatsizliklari moliyaviy inqirozning natijasi emas, balki moliyaviy inqirozni kuchaytirib tashlaydigan vosita ekanligini tushuntirishda asos bo'lgan maqola yozgan.

Diamond va Dybvig banklarning nima uchun mavjudligini, ularning jamiyatdagi roli ularni yaqinlashib kelayotgan bankning qulashi haqidagi mish-mishlarga olib kelishi mumkinligi va jamiyat bu zaiflikni qanday kamaytirishi mumkinligini tushuntiruvchi nazariy modellarni ishlab chiqqan. Shuningdek, qisqa muddatli qarzlarni uzoq muddatli kreditlashga aylantirish jarayoni, banklar o'z qarz oluvchilarni qanday nazorat qilishlari haqida yozishgan. Ushbu tushunchalar zamonaviy banklarni tartibga solishning asosini tashkil qiladi hozirda.

Qisqaroq o’qish uchun:
https://www.nobelprize.org/uploads/2022/10/popular-economicsciencesprize2022.pdf

Batafsil o’qish uchun:
https://www.nobelprize.org/uploads/2022/10/advanced-economicsciencesprize2022.pdf

@uzbekonomics