Get Mystery Box with random crypto!

Bolalarning rasmini ijtimoiy tarmoqqa qo'yish borasida har xil | Hubbuna

Bolalarning rasmini ijtimoiy tarmoqqa qo'yish borasida har xil qarashlar bor. Ba'zilar ko'z tegmasin deya qo'ymaslikni afzal biladi.

Qiz farzandlar balog'at yoshiga yaqinlashar ekan, ularning o'ranib tushgan rasmini ham ijtimoiy tarmoqqa qo'ymaslikni tavsiya qilaman.

Ayoli va onasining rasmini qo'yish ham erkaklik hamiyatiga munosib emas deb bilaman. Ona yoshi ancha katta, satrlangan holatda bo'lsa, boshqa gap. Lekin ba'zilar hali erkak kishi ko'rsa, qiziqish bildiradigan yoshdagi onasining rasmini qo'yganiga hayron qolaman. Ayolingizming rasmini ommaga chiqarmaganingiz kabi onangizni ham qizg'aning.

Ayollarning o'zi ham rasmini qo'yishdan tiyilgani ma'qul. Xususan, erkak kishi buni taqiqlasa, itoat qilsin.

Erkaklar rasm qo'yaversa bo'ladimi degan haqli savol ham bor, albatta. Erkaklar ham ayollarning e'tiborini tortadigan rasmlardan tiyilishi kerak. Boz ustiga, ayolingizning rasmini boshqalar ko'rishini istamaganingiz kabi ayolingiz ham sizning rasmingizni boshqalar ko'rishini istamaydi. Buni ham e'tiborga olish kerak. Bizda ham bu kabi xatolar oldin bo'lgan, endi hushyor bo'lamiz.

Erkak-ayol aralash rasm tushishi ham yaxshi emas, albatta. Ayollar va erkaklar aralashishi o'zi fitnadir, birga rasmga tushib, keyin istaganda va istagancha uni tomosho qilishi esa yanada hamiyatga tegadi.

Umuman olganda, hozirgi kunda rasmga o'qitib, sehr-jodu qilish uchrab turgani bois ijtimoiy tarmoqlarda zaruratsiz rasm qo'yish kerak emas. Media kishilari esa bundan saqlanish uchun hamisha sehr-jodu tegishiga qarshi vositalardan foydalanishi kerak.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida