Get Mystery Box with random crypto!

#Savol: Assalomu alaykum va rohmatulloh. Ustoz, ketkazgan vaqt | Hubbuna

#Savol: Assalomu alaykum va rohmatulloh. Ustoz, ketkazgan vaqtingizga rozi bo‘ling. Maslahatingiz kerak edi. Hamma aytadigan o‘sha “jiz” etish bo‘lmasa ham turmushga chiqish kerakmi? Qiz 23 ga chiqdi, shu paytgacha 10 dan ortiq yigit turmush qurish taklifi bilan jiddiy harakat qildi, sovchi qo‘ydi. Qiz ko‘ngli bo‘lmagani uchun ularni qaytardi. Orada ikki sovchi yigitga ko‘ngli bo‘ldi, ota-onasi ko‘nishmadi va u ikkisiga ham berishmadi. Endi esa qizga “Yaxshi oila farzandi, ko‘ngling bo‘lmasa, to‘ydan keyin bo‘ladi, bizni qiynab yubording” deb, turmushga berishmoqchi. Qiz istixora, tahajjudlarda so‘ragan “Xayrli bo‘lsa, bo‘lsin”, deb. Ishi tezlashyapti, lekin ko‘ngli bo‘lmayapti. Qiz ilmli, Alloh bergan husni ham bor, sovchisi ko‘p, lekin ko‘ngli ota-onasi istagan kishiga bo‘lmayapti. Ota-onasi aytgan yigit odobli, yaxshi inson, shunga qaramay, qizning ko‘ngli yo‘q. Shunday vaziyatda qiz ota-onasiga aytgan insonga rozilik berib, turmush qurib ketaverishi kerakmi?

Javob: Va alaykum assalom va rahmatulloh. Istixora natijasi yaxshi chiqsa, ko'ngil ham ilishi kerak-da. Yigitni yana surishtiring, maslahat qiling bilganlar bilan, istixorada bardavom bo'ling. Ko'nglingizda g'ashlik bo'lsa, buni o'zingiz bilasiz, aniqlab, shuni ketkazishga harakat qilib keyin rozilik bering.

"Jiz" etsa, yaxshi, lekin hammada ham bunday bo'lmasligi mumkin, albatta. Allohdan yaxshilik so'rab harakat qilavering. Xayrlisi bo'lsin!

#oila_qurish

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida