Get Mystery Box with random crypto!

Toʻy yoki sarpoga emas, ilmga sarmoya kiriting ― Koʻpchilik o | Hubbuna

Toʻy yoki sarpoga emas, ilmga sarmoya kiriting

― Koʻpchilik ota-onalar orzu-havas, boshqalardan kam boʻlmaylik deb toʻy va sarponi keragidan ortiq qiladilar. Aslida esa musulmon insonning toʻyi bunachlik dabdabali boʻlishi shart emas deb oʻylayman. Diniy tarafdan olib qaraydigan boʻlsak, bunday isrofgarchiliklarning barchasining albatta javobi borligini unutmaylik.

― Keling, shu toʻy va sarpoga ortiqcha pul sarflagandan koʻra, shu sarmoyani farzandarimiz ilmi uchun sarflaylik. Ilmga tikilgan sarmoya eng yaxshi sarmoya deb juda koʻp insonlar aytgan. Shuningdek, Qurʼoni Karimning nozil boʻlgan birinchi oyati ham «Oʻqi» degan amr bilan boshlangan.

― Zero, siz ilm yoʻlida sarflagan mablagʻingiz siz uchun kelajakda manfaatli va ezgu amallarga boy boʻlsin, jannatda qasr boʻlsin.

#tarbiya

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida