Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20.00K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
Creator: @GiyosiddinYusuf
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 163

2021-12-25 15:07:00 ​​Ko'pchilik insonlar chaqaloqlarga televizor ta'sir o'tkazadi, rivojlanishiga yaxshi deya bolalar kanallarini qo'yib beradilar. Aslida bu gap 3-4 yoshli bolalarga nisbatan aytiladi. Televizor chaqaloqning intellektual rivojlanishiga yordam bermaydi. Hatto eng ilg'or media qurilmalardagi ovozlar ham chaqaloq kutganidek o'ziga kerakli e'tiborni bermaydi. Shuning uchun ularga nisbatan hech qanday reaksiya sezmaydi.
Chaqaloqlar uchun eng yaxshisi ovozlar emas, sizning qo'llaringizdir. Uni bag'ringizga bosishingiz, qo'llarini ushlashingiz, yuzlaridan silashingiz ular uchun qimmatlidir.
Chaqaloqlar uchun ota-onalar bilan o'ynash, ularning rivojlanishi uchun juda muhimdir.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.0K views12:07
Ochish/sharhlash
2021-12-25 10:34:00 Bola asrab olish

Bot

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.4K views07:34
Ochish/sharhlash
2021-12-25 06:15:25 "Biz "yaxshilik qilish” deb mazmun aytgan“ "ehson" kalimasining qamrovi oʻta keng boʻlib, ota-onaga
qoʻlingizdan keladigan jamiyki yaxshiliklarni qilasiz deb tushunsak toʻgʻriroq boʻlar. Haq taolo ota-onaga yaxshilik qilish haqidagi Amrini taʼkidlash uchun bandalari zimmasiga Yolgʻiz Oʻziga ibodat qilishdan keyin bevosita ikkinchi vazifa qilib, ota-onaga ehson qilish vazifasini qoʻydi. Shak-shubhasiz, ota-ona farzandi tomonidan har qancha izzat-ikrom qilinsa ozdir. Chunki, murgʻak chaqaloq dunyoga kelgan soatidan boshlab to oʻzi mustakil yeb-ichib, oʻziga oʻzi qaray oladigan yillar davomida – bolaning eng zaif, ojiz u biron ziyonni foyda yetkaza olmaydigan, olmaydigan zamonida uning boshida parvona bu insonlar ota-onadir. Bu davrda ular farzandni qanday rohat-farogʻatdan kechib, faqat oʻzlarigina bera oladigan mehr bilan parvarish qiladilarki, bu onaning oʻz farzandiga qilgan ehsonidir. Maʼlumki, ehsonning jazosi ehsondir. Demak, farzand balogʻatga yetgach, ehson qilish navbati unga keladi. Ammo Yaratgan Parvardigorimiz nazdida farzandning ota-onasiga Yaxshilik qilishi faqatgina ularning oʻz farzandiga koʻrsatgan mehr-muhabbatlariga berilgan javob boʻlib qolmay, balki shu bilan barobar, bu ish Ollohga ibodat, Uning rizosiga erishmoqdir. Binobarin, farzandning ota-onaga qiladigan xushmuomalasi, yaxshiliklari u xohlasa qilib, xohlamasa qilmaydigan itoati, barcha
ixtiyoriy ish emas, balki Olloh buyurgan vazifadir".

Shayx Alouddin Mansur rahimahullohning "Qur'oni Azim tafsiri" kitobidan #Iqtibos

#ota #ona #tafsir

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.2K views03:15
Ochish/sharhlash
2021-12-24 18:15:00
Siz juftingizga sevgingizni bildirish uchun bayramlarni, janjallashib qolishingizni yoki romantik kechki ovqat uchun ishxonangizdan vaqtliroq javob olishni kutishingiz shart emas. Muhabbatingizni har kuni bildirib turishingiz mumkin.
Shunchaki ularga aytayotgan har bir so'zingizga mehr qo'shing.
Buning uchun ortiqcha vaqt hamda mablag' kerak emas.

#Muhabbat #Romantika

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.9K views15:15
Ochish/sharhlash
2021-12-24 17:00:27
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.3K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-12-24 15:07:00 ​​Siyrat saboqlaridan:
– Demak, o'sha vaqtlarda Makka savdogarlari tirikchilik maqsadida yozda Shomga safarga chiqar edilar. Qishda-chi?
– Yozda shomga borganlar, qishda... xuftonga!

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.2K views12:07
Ochish/sharhlash
2021-12-24 10:34:00 Bilasizmi?

"Nuh alayhissalom Odam alayhissalomdan keyin Yer ahliga yuborilgan birinchi elchidir. U ilk marta insonlarga qizlari, opa-singillari, amma-xolalari va boshqa yaqin qarindoshlari mahram ekanliklarini, yaʼni, ularga uylanish Alloh taoloning Shariatida harom qilinganini yetkazgan elchidir".

Shayx Alouddin Mansur rahimahullohning "Qur'oni Azim tafsiri" kitobidan #Iqtibos

#oila_qurish #tafsir

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.9K viewsedited  07:34
Ochish/sharhlash
2021-12-24 06:08:00 ​​ Siz unga ibodat qilishni o‘rgatishingiz mumkin, ammo ixlos qilishni o‘rgatib bo‘lmaydi. Shuning uchun ixlosli inson bilan oila quring.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.2K views03:08
Ochish/sharhlash
2021-12-23 19:30:18
O‘rilgan sochga mas’h tortsa g‘uslga o‘tadimi?
Muslim uz

@Mubosharat
5.6K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-12-23 18:15:00 ​​ Ba'zi #ayollar ovsinlari bilan yaxshi kelisha olmasligi sababli aka-ukaning orasiga nizo solib qo'yadi. Bu yaxshi emas, albatta.

Nimani bo'lisha olmaysizlar? Hayronman...

Agar siz yaxshi muomala qilsangiz, u ham yaxshi muomala qiladi-ku. Ishlarni ham orada taqsimlab oling. Ikkingiz bir daraxtning ikki shoxi kabi bo'ling. Agar biriga ozor yetsa, daraxt tanasi, ya'ni xonadoningiz kattalari bo'lmish qaynota va qaynonaning joni og'riydi.

Baxtli bo'lish qiyin emas, hayotni murakkablashtirib yubormasangiz bo'ldi.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
8.0K views15:15
Ochish/sharhlash