Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20.00K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
Creator: @GiyosiddinYusuf
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 166

2021-12-21 10:30:00
Imkon qadar kechki ovqat paytida oila, farzandlar davrasida bo'lishga harakat qiling. Bolalar bora-bora oiladagi bu tartibga o'rganib qoladilar. Va keyinchalik bu refleksga aylanadi hamda kechki ovqat vaqtiga uyga shoshiladilar.

#tarbiya #erkaklar #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.1K views07:30
Ochish/sharhlash
2021-12-21 10:01:26
– Oyim tortga qo'lingni tekkizma degan edilar.

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.8K views07:01
Ochish/sharhlash
2021-12-21 09:30:10
Biz uchun trend – urfdagi liboslar emas, koʻnglingiz rizoligi.
Bizning shior – brendni ayoldan ustun qoʻyish emas, ayolni brenddan aziz bilish.
Bizdagi foyda – yuqori baholangan narxlar emas, barakali savdo mezonida.
Biz uchun faxr – puldor xonimlar xaridi emas, oddiy ayollar ham tanlash imkoniga egaligidir.
Biz tutgan yoʻl – moda olamini boyitish emas, oʻz olamimizni satr etish gʻoyasidir...

_"Tasattur atelier_“da sizga manzur keluvchi boshqa sabablar ham topilishiga ishonamiz...


https://t.me/tasatturatelier

Reklama
6.7K views06:30
Ochish/sharhlash
2021-12-21 06:00:16 ​​#Savol: Men hijob oʻrashni xohlayman, menga shartlari haqida aytsangiz, iltimos. Qanday oʻrash kerak, nima mumkin emas? Shular haqida maʼlumot bera olasizmi?

Javob: Alloh taolo hijobingizni do‘zaxdan parda qilsin, har bir muslimaga farz bo‘lgan ushbu amalni bajarishga ahd qilganingiz muborak bo‘lsin!

Hijobning, ya'ni muslima ayol avrat a'zolarini nomahramlardan berkitishining sharti uchtadir:

1. Avrat joylar to‘liq berkilsin.
2. Yupqa kiyim bo‘lib avrat ko‘rinib qolmasin.
3. Tor kiyim bo‘lib avrat shakli bilinadigan bo‘lmasin.

Muslima ayolning nomahram erkakka nisbatan avrati uning ikki kafti va yuzidan boshqa barcha a'zolaridir. Agar yuz qaragan erkakni fitnaga soladigan darajada go‘zal bo‘lsa, uni ham berkitish lozim bo‘ladi.

Yuqoridagilardan ma'lum bo‘ladiki, satrlanishdan maqsad o‘zni nomahramlarning e'tiboridan chetda qilishdir. Demak, shuning uchun libos ham e'tiborni tortadigan darajada rang-barang, yaltir-yultur bo‘lmasligi kerak. Ayol nomahramning oldida bezangan holda chiqmasin, atir-upasi e'tiborni tortmasin.

Ro‘moli keng bo‘lib ko‘kraklari bilan yopib tursin. Garchi avratni berkitsa-da, uning shaklini vasf qilgani uchun shim kiyib yurmasin. Shim kiysa, uning ustidan uni yopadigan uzun libos kiyadi. Oyoq kiyimi taqillagan ovoz chiqarib e'tiborni tortadigan bo‘lmasin. Taqinchoqlar ham ziynat hisoblanadi, u bilan nomahramlarga ko‘rinmasin.
Barcha ziynat, bezanish, yengil kiyimlar mahramlar va ayollar yonida bo‘ladi.
Er-xotin o‘rtasida avrat yo‘q, ya'ni ayol uning oldida istagandek kiyinaveradi. Vallohu a'lam.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.9K views03:00
Ochish/sharhlash
2021-12-20 18:05:30 Live stream finished (14 minutes)
15:05
Ochish/sharhlash
2021-12-20 17:50:59 Live stream started
14:50
Ochish/sharhlash
2021-12-20 17:00:32 ​​Qush uyasida koʻrganini qiladi!

Bu bilan biz:
― «Oʻzaro siz (er-xotin)lar doimo ahil boʻling. Bir-biringizga boʻlgan munosabatlaringiz iliq va yoqimli boʻlsin. Farzandingiz oldida janjallashish uyogʻda tursin, hatto bahslashmang!» demoqchimiz!

― Oilada boʻladigan salbiy va jiddiy bahs-munozaralar, turli xil sababsiz janjallar, oʻzaro kelishmovchiliklar farzandingizni:
– ruhiy sinishiga
– hayotga boʻlgan qiziqishini soʻnishiga
– uni qattiqqoʻl boʻlishiga
– tarbiyasiz boʻlib qolishiga
– nutq madaniyatida kamchiliklar yuzaga kelishiga va boshqa salbiy holat va odatlar kelib chiqishiga sabab boʻlib qolishi mumkin.

P.s: Farzandingizni doimo ezgu ish va amallar qilishga oʻrgating!

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.1K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-12-20 16:00:37
#Muhabbat #Romantika #Izhor

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.1K views13:00
Ochish/sharhlash